O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Iqtisdiyot” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi1.48 Mb.
#1044649
  1   2   3   4
Bog'liq
MMT-91-2 guruhi talabasi Karimov M. Mikro.Makro


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Iqtisdiyot” kafedrasi

Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan




MUSTAQIL ISHI

Bajardi: MMT-91-2 guruhi talabasi Karimov M.




Toshkent-2022
11-VARIANT
1. To‘rsimon modelning mohiyati va ahamiyati
2. Daromad va almashtirish samarasi
3. Talabga ta’sir etuvchi omillar

1. Hаr qаndаy bоzоrdа nаrх, хаrid vа sоtuvlаr hаjmi tаlаb vа tаklifning o‘zаrо munоsаbаti оrqаli o‘rnаtilаdi. Umuman olganda muvozanat - bu tizimning shunday holatiki, agar unga birorta tashqi kuch ta’sir ko‘rsatmasa, u o‘zining holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab chizig‘i (D) bilan taklif chizig‘i (S) kesishgan nuqta (E nuqta) bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga tayanib shuni ta’kidlash mumkinki, berilgan vaqt oralig‘ida bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda bu vaqt davomida tovar narxi yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi. Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxi P(t) ning o‘zgarishi 3 xil variantga olib kelishi mumkin: 1. Vaqt o‘tishi bilan bozor narxi P(t) ning muvozanat narxdan chetlanishi kamayib boradi; 2. Bozor narxi muvozanat narxdan uzoqlashib boradi; 3. Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi. Agar taklif chizig‘i (S) talab chizig‘iga (D) nisabat tikroq bo‘lsa   , birinchi hol yuz beradi



1.1-rasm.   || bo‘lgan holat
Agar taklif chizig‘i (S) talab chizig‘i (D) ga nisbatan yotiqroq bo‘lsa, ikkinchi variant yuz beradi




1.2-rasm.  < || bo‘lgan holat
Uchinchi variantda taklif va talab chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziqli talab va taklif funksiyalari: D  a  A P(t) S  b  B P(t 1) uchun t   da P(t)  P(t 1) bo‘ladi, ya’ni muvozanat narxga bozor narxi yaqinlashadi agar quyidagi shart bajarilsa, ya’ni  1   bo‘lsa. Bozorning dinamik modelida narxlar trayektoriyasi P(1),P(2)... o‘rgimchak uyasi to‘riga o‘xshagani uchun ham bu model “to‘rsimon model” deb nom olgan. To‘rsimon model sifatida birja bozorini (masalan, qimmatli qog‘ozlar bozori, yoki valyuta bozorini) qarash mumkin.
2. Daromadning o‘zgarishi byudjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga suriladi. Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig‘i pastga-chapga suriladi.
“ Daromad-iste’mol” chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o‘zgarishini (narxlar o‘zgarganda) iste’molga ta’sirini o‘rgangan edik. “Narx-iste’mol” chizig‘i orqali narxlarning o‘zgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri o‘rganiladi. Endi biz X ne’matga bo‘lgan talabni o‘zgarishining qancha qismi narx bilan bog‘liq va qancha qismi daromad bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling