O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Iqtisdiyot” kafedrasi
-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi
Download 1.48 Mb.
|
MMT-91-2 guruhi talabasi Karimov M. Mikro.Makro
2.1-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi
Narxning har qanday pasayishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i suriladi va iste’molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan ne’matlar tarkibini o‘zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o‘zgartiradi va bir ne’matni (Y) boshqa ne’mat (X) bilan almashtiriladi. Ne’matlar majmuasiga (X va Y ne’matlar) bo‘lgan talab o‘zgarishining qancha qismi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 7.4-rasmda byudjet chizig‘ining boshlang‘ich holati YX va X ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati YX’ keltirilgan. Boshlang‘ich byudjet chizig‘ida 1 TU befarqlik egri chizig‘iga mos keluvchi optimal majmua E1 nuqta bilan ifodalangan. E1 nuqtada iste’molchi Y ne’matdan Y1 miqdorda, X ne’matdan X1 miqdorda sotib oladi. X ne’matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua YX’ byudjet chizig‘i bilan TU2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan 2 E nuqtaga o‘tadi. 2 E nuqtada iste’molchi X ne’matdan X2 miqdorda va Y tovardan Y2 miqdorda sotib oladi. Demak, X ne’mat narxining pasayishi iste’molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya’ni uning o‘z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi. B u yerda X ne’matni iste’mol qilish hajmining umumiy o‘zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda X1X2 bilan belgilangan. Iste’molchi boshida 0X1 miqdorda X ne’matdan sotib oladi, narx o‘zgargandan keyin sotib olish hajmi 0X2 ga o‘zgaradi. Y tovarni sotib olish hajmi 0Y1 dan 0Y2 ga qisqardi. X ne’mat iste’molining umumiy o‘zgarishi X1X2 oraliqqa umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishini ko‘ramiz. Daromad samarasini aniqlash uchun YX’ byudjet chizig‘iga parallel qilib Y X byudjet chizig‘ini 1 TU befarqlik egri chizig‘iga urinadigan qilib o‘tkazamiz va bu uringan nuqtani E3 deb belgilaymiz. E3 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi X ne’mat miqdori X3 ga teng va u X1X2 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: X1X3 va X3X2. Parallel ikki byudjet chizig‘i orasida yotgan X3X2 o‘zgarishga daromad samarasi va bitta befarqlik egri chizig‘i ustida yotgan X1X3 o‘zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi. Daromad va almashtirish samarasini talab o‘zgarishiga ta’siri quyidagicha bo‘ladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling