Shartnoma narx - sotuvchi va xaridoming roziligi bilan belgi- lanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.
Shaxsiy daromad - milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratma- lari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsim- lanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tu- shadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy iste’mol - iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmat- lardan bevosita foydalanish, ya’ni ulaming individual tarzda iste’mol qilinishi.
Siklik ishsizlik - iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik.
Sindikat - ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalaming birlashmasi.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot - eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapi- tal yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot hajmi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik - muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik.
Sof mahsulot - Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Sof milliy mahsulot (SMM) - yil davomida jonli mehnatning unumli harakati bilan Yaratilgan yangi mahsulotdir.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki so- tuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binoba- rin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.
Soliq stavkasi - soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi.
Soliqlar - jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qis¬mini byudjetga jalb qilish shakli.
Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |