O’simliklar sitoembrologiyasi
Download 480.09 Kb.
|
O’SIMLIKLAR SITOEMBROLOGIYASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI SIRQI BO’LIM BIOLOGIYA YO’NALISHI O’SIMLIKLAR SITOEMBROLOGIYASIFANIDAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: 20-123 guruh talabasi Olimova Sarvaroy Qabul qildi: Turdibekov Mustafo FARG’ONA-2023 Mavzu: Changlanish turlari Reja: 1.Changlanish turlari. 2.Chang donasining unishi 3.Chang nayining tuzilishi va sitokimyosi. O‘simliklar olamining juda katta qismi uchun yangi organizmni hosil bo‘lishida erkak va urg‘ochi gametalarni urug‘lanish jarayonida qo‘shilishi lozim. Bu hodisa amfimiksis deb nomlanadi. O‘simliklarda urug‘lanish sodir bo‘lishi uchun avvalo changlanish ro‘y berishi ya’ni, chang donalarini urug‘chining tumshuqchasiga tushishi, chang donalari unishi, chang nayini hosil qilishi, spermiylarni murtak xaltaga etib borishi lozim. Mana shu jarayonni qanday amalga oshishini birinchi marta Amichi (1824) tomonidan o‘rganilgan. CHANGLANISH TURLARI Tadqiqotchi mutaxassislarning olib borgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, hozirda changlanishning to‘rt xil tarzda ro‘y berishi aniqlagan. Jumladan: Avtogamiya – o‘zidan changlanish, bir gulning changi shu guldagi urug‘chining tumshuqchasiga kelib tushishiga aytiladi. Avtogamiya (autos - o‘z-o‘zidan, gamos – qo‘shilish) degan ma’noni anglatadi. Allogamiya yoki ksenogamiya – chetdan changlanish, urug‘chi tumshuqchasiga boshqa o‘simlikning chang donasini kelib tushishiga aytiladi. Ksenogamiya (xenos – chetdan) degan ma’noni anglatadi Kleystogamiya – yashirin changlanish ochilmagan gulda urug‘chining tumshuqchasiga o‘sha gulning changdonidagi chang donasini tushishiga aytiladi. Kleystogamiya (kleiston – yopiq, yashirin) degan ma’noni anglatadi. Bunda chang donalari urug‘chining tumshuqchasiga to‘kilmaydi, ochilmagan chandondan una boshlaydi, u erdan chang nayi urug‘chining tumshuqchasigacha etib keladi. Shundan keyin urug‘chining ustunchasi bo‘ylab urug‘kurtakka etib boradi. Geytenogamiya – changlanish bir uyli ayrim jinsli o‘simliklarda ro‘y beradi. Bu xildagi changlanishda urug‘chi gullar shu o‘simlikning changchi gullaridagi chang donalari bilan changlanadi. Gulli o‘simliklarda chetdan changlanish – allogamiya, o‘zidan changlanish – avtogamiyaga nisbatan ko‘p uchraydi va nisbatan progressiv belgi hisoblanadi. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra o‘zidan changlanuvchi gulli o‘simliklar o‘ziga xos boshi berk rivojlanish deb qaraydilar. Yopiq urug‘li o‘simliklardagi changlanishning bir xilidan ikkinchi xiliga o‘tish hodisasi ham o‘ziga xos hisoblanadi. Mana shu holatdagi changlanish evolyusiya jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, chetdan changlanish o‘simlikda geterozigotalikning darajasini orttiradi, o‘zidan changlanish esa o‘simliklarning hatto yangi tur darajasida hosil bo‘lishini ham cheklashga olib keladi. Dastlabki yopiq urug‘li o‘simliklar asosan chetdan changlanishga moslashgan deb hisoblanadi. Shu bilan birga chetdan changlanish sharoiti bo‘lmagan hollarda o‘zidan changlanish ro‘y bergan. Bir qator o‘simliklarda chetdan changlanishning o‘zidan changlanish bilan almashishi tashqi muhit omillari ta’sirida, ayniqsa gullashi oxirlab qolganda ro‘y beradi. Chang donalarini bir o‘simlikning gulidan ikkinchi o‘simlikning guliga o‘tishi turli vositalar: shamol yordamida – anemofiliya, suv oqimi yordamida – gidrofiliya, hasharotlar yordamida – entomofiliya, qushlar yordamida – ornitofiliya, sut emizuvchilar yordamida – animalofiliya, hatto chumolilar yordamida – mirmikofiliya amalga oshadi. Changlanishlarning qaysi bir usuli evolyusiyada dastlabki ekanligi haqida bir guruh tadqiqotchilar (N.I.Kuznetsov, 1936) shamol yordamida changlanishni birlamchi, boshqa guruh tadqiqotchilar (A.L.Taxtadjyan, 1954, 1961, 1964, 1966, 1970, Ims, 1964; N.V.Pervuxina 1970) fikriga ko‘ra hasharotlar yordamida changlanish birlamchi degan g‘oyani ilgari surganlar. Ehtimol birlamchi yopiq urug‘li o‘simliklar maxsus changlanishga moslashmagan bo‘lib, ular hayvonlar, qushlar, hasharotlar hamda shamol yordamida ham changlanishgandir. Dinyadoshlarga mansub o‘simliklarning reproduktiv a’zolarining tuzilishi buni tasdiqlaydi. Zero, ularda shamol hamda hasharotlar yordamida changlanishning belgilari mavjud. Chang donasini urug‘chi tumshuqchasiga tushishidagi ixtisoslashuv hozirgi zamondagi yopiq urug‘li o‘simliklardagina yuzaga kelgan. Download 480.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling