O’simliklar sitoembrologiyasi
Dixogamiya, protandriya, protogeniya va geterostiliya
Download 480.09 Kb.
|
O’SIMLIKLAR SITOEMBROLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHANG DONASINI UNISHI
Dixogamiya, protandriya, protogeniya va geterostiliya. Gulli o‘simliklarda o‘z-o‘zidan changlanmastlik va chetdan changlanish uchun quyidagi moslanishlar mavjud:
Dixogamiya – changchi va urug‘chining turli vaqtlarda etilishi bo‘lib, uning ikki shakli farqlanadi: a) protandriya – changchining changchidan oldin yetilishi; b) protogeniya – urug‘chining changchidan oldin eytilishi. Geterostiliya – ayrim o‘simliklarning gullarida changchi ipi va urug‘chi ustunchasining uzunligi turlicha bo‘lib, buning natijasida changdon va urug‘chi tumshuqchasi turlicha balandlikda joylashadi. Geterostiliyaning ikki tipi ma’lum. a) dimorf – agar gulning ikki turkumi bo‘lsa, ulardan birida urug‘chi tumshuqchasi uzun, ikkinchisida qisqa bo‘ladi (Primula, Linum, Fagopyrum); b) trimorf – agar gulning uch turkumi bo‘lsa, ulardan birida urug‘chi tumshuqchasi uzun, yana birida o‘rtacha va boshqa birida qisqa bo‘ladi (Lythrum, Oxalis). Orchidaceae, Asclepiadaceae, Labiatae, Scrophulariaceae va boshqa qiyshiq gulli oilalar vakillarining gullaridagi changchi va urug‘chining tuzilishi mexanik jihatdan gullarning o‘z-o‘zidan changlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘z-o‘zidan urug‘langandagi bepushtlik – ayrim o‘simliklar jumladan, Secale, Brassica, Tarazacum kok-saghyr larda o‘z-o‘zidan changlanganda urug‘ hosil bo‘lmaydi, Beta vulgaris da esa urug‘lanish kuzatilmaydi, murtak va endosperm degeneratsiyasi yuz beradi. CHANG DONASINI UNISHI Tashqi va ichki muhitning qulay sharoitlari yuzaga kelishi bilan changdonda etilgan chang donalari, biz yuqorida qayd etgan usullar bilan urug‘chining tumshuqchasiga tushadi va u yerda una boshlaydi. Chang donasining unishi, uni bo‘kishidan sitoplazmadagi harakatlarni faollashuvi bilan boshlanadi. Sitoplazmaning harakati muhim fiziologik ahamiyatga ega, uning ta’sirida turli moddalarni teng taqsimlanishi ro‘y beradi. Unayotgan chang donasi urug‘chi tumshuqchasi hujayralari bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Chang donasini tumshuqchaga tegishi bilan o‘zaro faollashadi. Bunda tumshuqcha lipid va fenol tabiatli moddalarni ajratadi. Urug‘chi tumshuqchasidan ajralgan moddalar chang donasini suv bilan ta’minlab, uni bo‘kishiga va undagi fermentlarning faollashuviga olib keladi. CHhang donalari ham o‘z navbatida suyuqlik ajratadi, uni tarkibida turli xil fermentlar bo‘lib, ulardan kraxmal parchalovchilari ferment alohida ahamiyatga ega. Chang donalari ayrim moy va unda erigan karotin moddalarini ham ajratadi. Suyuq moddalarni ajratmaydigan chang donasi o‘smaydi. Chang donalari va urug‘chi tumshuqchasi orasidagi munosabatlarda qaysi biri birlamchi ekanligi haqida hozirgacha ishonarli ma’lumotlar kam. Bir guruh mutaxassis – tadqiqotchilarning fikricha, urug‘chi tumshuqchasidagi so‘rg‘ichlar xemotropik faollikning manbai deb hisoblashadi. Boshqa tadqiqotchilar esa chang donasidan ajralgan moddalar urug‘chining tumshuqcha-sidagi so‘rg‘ichlarni qo‘zg‘aydi, faollaydi degan fikr bildiradilar. Urug‘chi tumshuqachasining hujayralari va changchi orasidagi o‘zaro munosabatlarning ta’siridan keyin chang donasi o‘sa boshlaydi. Bunda avvalo, chang donasining ichki – intina qavatidagi tirqishlardan biri kengayadi, asta o‘sa boshlaydi, unga chang donasining sitoplazmasi o‘tadi (22-23 rasm). Odatda yopiq urug‘li o‘simliklarning chang donasi urug‘chining tumshuqchasida o‘sish vaqtida bitta chang nayi hosil bo‘ladi. Biroq ayrim sistematik guruhlarga mansub o‘simliklarda bu jarayon natijasida bir necha chang nayi yoki tarmoqlangan bitta chang nayi hosil bo‘ladi. Chang unib nay hosil qilish vaqtida tuzilishi va funksional faoliyatida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunday o‘zgarishlar: golji apparatini vezikulalar hosil qilishini faollashuvi, endoplazmatik to‘rni tarmoqlanishi, ribosomalarni polisomalarga jamlanishi, ribosomal genlarni faollashuvi, ribomosal RNK sintezini ortishi, axborot va transport RNKning faollashuvi kabilarda namoyon bo‘ladi. Chang donasining generativ hujayrasi bo‘linishga tayyorgarlik ko‘rishida va o‘sayotgan davrida oqsillarning sintezi boshlanadi, bu holat etuk chang donalarida uzoq muddatgacha faoliyatda bo‘ladigan axborot RNK mavjudligidan dalolat beradi. 22-ram. Makkajuxori chang donasining o‘sishi (Korobova, 1974): a-chang donasidagi spermiylar va vegetativ yadro, b-chang nayidan spermiylarning chiqishi, b –chang nayida spermiylar, g-vegetativ yadroning chang nayiga o‘tishi, d –chang nayida spermiylar va vegetativ yadro. O‘zgarishlar faqat chang donlarida ro‘y berib qolmasdan u bilan bevosita tegib turgan urug‘chining tushuqchasi hujayralarida ham ro‘y beradi. Ularning hujayra devori o‘tkazuvchanligi ortadi, yadroning tuzilishi va kattaligida o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Changlanish urug‘chi tugunchasining tumshuq qismidagi fiziologik faol moddalarni kamayishiga ham sabab bo‘ladi. Seleksioner olimlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, changlanishda ishtirok etayotgan chang donalarining soni olinadigan natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘chi tumshuqchasini oz miqdordagi chang donalari bilan changlanishi ijobiy natijaga olib kelmaydi. Changlanish muvaffaqiyatli o‘tishi uchun shuncha miqdordagi chang donalari urug‘chining tumshuqchasiga sochilishi kerakki, u murtak xaltaning sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi lozim. Download 480.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling