1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish
-Variant 1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi
Download 0.58 Mb.
|
EET yakuniy
9-Variant
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari. Tadbirkorlik muhitini yaratishning ustuvor yo’nalishi qishloq joylarda bilim va mehnatni ko’p talab qiladigan xizmat sohasini jadal rivojlantirishni, intensiv dehqonchilikka o’tishni, qishloq ijtimoiy-ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirishni, qishloq joylarda ekologiya talablari ta’minlanishini, shuningdek aholining zarur harakatchanligini ta’minlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yaratish hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, xalq iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek qurilish faoliyatini amalga oshirayotgan, tuzatish, tuzatish-qurilish, maishiy va kommunal xizmatlar ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari har tomonlama qo’llab-quvvatlanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish ta’sir etishning iqtisodiy chora-tadbirlari asosida amalga oshiriladi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishlab chiqarishning oqilona jamlanishi, ixtisoslashuvi va joylashishi qaror topishi, ishlab chiqarish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta yo’naltirilishi munosabati bilan investisiyalar tuzilmasi o’zgarishi ta’minlanadi. Aksiyalarning opsion paketlarini sotish tizimi qo’llaniladi va aksiyalarni xususiy investorlarga (aholiga) sotish kvotalari belgilanadi. Qishloqda davlat mulkini xususiy mulk qilib sotish, kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish usullarini keng rivojlantirish, xususiylashtirilayotgan savdo, xizmat ko’rsatish sohasi, turar joy obyektlari joylashgan yer maydonlarini sotish davom etadi. Qishloq xo’jaligi yerlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan muddatsiz foydalanishga berish bo’yicha kimoshdi savdolari va tanlovlarni o’tkazish amaliyoti kengayadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishga oid qonun hujjatlari qabul qilinadi, amaldagi normativ-huquqiy mexanizm takomillashtiriladi. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tengligi ta’minlanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ustuvor mahsulot turlariga kiritilgan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan va yetkazib beriladigan mahsulot turlari bo’yicha shartnomalarni shakllantirish, taqsimlash va tuzishda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mazkur mahsulot turi umumiy hajmining kamida 15 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o’rtasida o’tkaziladigan tanlovlar asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida taqsimlanadi. Normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda va mulkda davlat ulushi bo’lgan korxonalarni boshqarish huquqini nodavlat tuzilmalariga (xo’jalik uyushmalariga) berish tizimidan davlat mulkini boshqarishning trast shartnomalari tizimiga o’tish amalga oshirilmoqda. Turli mulkchilik va tashkiliy shakllarga ega bo’lgan korxonalar namunaviy ta’sis hujjatlari paketlari tasdiqlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini yagona talqin qiluvchi sharhlar tayyorlanmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun foydalanilmayotgan binolar belgilangan tartibda ijaraga beriladi, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalari kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali sotiladi. Korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini baholashni, bozor talablarini hisobga olgan holda ularni texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy qayta o’zgartirish rejalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi xususiylashtirishdan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xo’jalik yurituvchi subyektlari barqarorligini ta’minlash uchun korxonalarni qayta tuzish va qayta ta’mirlashni mablag’ bilan qo’llab-quvvatlash tartibi joriy etiladi. Barcha oliy va o’rta o’quv yurtlarida bajarilishi majburiy bo’lgan qishloq yoshlarini o’qishga qabul qilish bo’yicha kvota belgilanadi. Kvotalash tartibi va shartlari, kadrlar tayyorlash va bitiruvchilardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat o’quv yurtlarida tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar va kichik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika va mahalliy byudjetlar hisobidan, shuningdek o’quv yurtlari bilan korxonalar o’rtasida tuziladigan kontrakt asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan ko’rsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli byudjetga to’laydilar. Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan ko’rsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli byudjetga to’laydilar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling