1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish
Download 0.58 Mb.
|
EET yakuniy
2. SWIFT to’lov tizimida to’lovlarning o’tishi.
SWIFT foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: - u tarmoq axborotlarni uzatishda fizik, texnik va tashkiliy usullar orqali to'liq havfsizlikni ta'minlaydi; - u axborotlarni uzatishning ishonchliligi mavjud va aloqalar arzon narhda; - u Jahonlning istalgan nuqtasidan axborotlarni tez uzatish imkoniyati mavjud bo'lib, bu axborotlarni uzatish 20 minutni tashkil etadi. Axborotlarning zaruriyatiga qarab bu muddat 1-5 minutni tashkil etishi mumkin; - u barcha to'lov xujjatlari bir andozada bo'ladi. Bu esa, ma'lumotlarni ishlashda engilliklar tug’diradi; - u SWIFT o'z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani kafolatlaydi. Agar SWIFTning aybi bilan kun davomida belgilangan joyga to'lov etib bormasa, shu to'lov bilan bog’liq barcha xarajatlarni tarmoq o'z zimmasiga oladi. SWIFTga a'zo bo'lish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu bosqichlar quyidagilarni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqichda jamiyat a'zoligiga kirish va bankning tarmoqqa qo'shilish uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshishi. Bu bosqichda a'zolik bo'yicha ariza taqdim etiladi, jamiyatning muomala xarajatlari uchun to'lovlarni o'tkazadi. Ikkinchi bosqichda bankning tarmoqqa ulanishi bilan bog’liq masala hal etiladi. Bu barcha texnik masalalar, shuningdek, bank telekommunikatsiya uskunalarini harid qilish va ushbu tarmoqda ishlash uchun hodimlarni tayyorlash, ya'ni o'qitish ishlarini amalga oshish masalalari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda SWIFTdan 209 ta davlatning 9000 ta banklari va bank bo'lmagan moliya tashkilotlari foydalanadilar. Bulardan 6000 tasi banklar hisoblanadi. Bu bank va moliya tashkilotlari joylashgan hududlardan qat'iy nazar 365 kun davomida kecha-kunduz bir-biri bilan aloqa o'rnatishi mumkin. Hozir SWIFT orqali bir kunda 5 million moliyaviy axborot uzatiladi. Asosiy ofisi Bryusselda joylashgan. Mamlakatimizdagi mavjud 30 dan ortiq tijorat banklari orasidan 20 tasi SWIFT to’lov tizimining a’zosidir. Bugungi kunda SWIFT to’lov tizimidan nafaqat bank muassasalari balki, su’g’urta tashkilotlari, aloqa kompaniyalari, hukumat idoralari va boshqa ko’plab tashkilotlar bu tizimdan foydalanmoqdalar. Bugungi kunda elektron xujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Turli xujjatlar bilan faol ishlashda ertami, kechmi katta hajimdagi axborotni tashish, qayta ishlash hamda xavfsiz saqlash muammosi yuzaga keladi. Elektron xujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog’oz xujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko’plab tashkiliy va texnologik cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa xujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshiradi, boshqarish sifatini yaxshilaydi hamda axborotni ishonchli himoya qilishni ta'minlash imkonini beradi. Xuddi shunday xususiyarlarni SWIFT to’lov tizimi o’zida aks ettirgan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling