Mavzu: bank bo’lmagan kredit muassasalari reja
Download 41.03 Kb.
|
BANK BO’LMAGAN KREDIT MUASSASALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank bo’lmagan kredit muassasalarining zarurligi.
MAVZU: BANK BO’LMAGAN KREDIT MUASSASALARI Reja: 1. Bank bo’lmagan kredit muassasalarining zarurligi. 2. Kredit kooperativ va uyushmalari 3. Jamg‘arma muassasalari: boshqarish va strukturasi 4. Mikrokredit muassasalari Bank bo’lmagan kredit muassasalarining zarurligi. Bank bo’lmagan kredit muassasalari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‘lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Biroq, Bank bo’lmagan kredit muassasalari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas: Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqam ochish va yuritish Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini depozit hisob raqamlariga jalb etish Mazkur pul mablag‘larini o‘z nomiga joylashtirish Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib tijorat banklari hisoblanadi.Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit muassasalari paydo bo‘ldi . Bank bo’lmagan kredit muassasalari asosan quyidagilarga ko‘maklashadi: kam ta’minlangan aholini tadbirkorlikka jalb etishga; kambag‘allikni qisqartirishga, insonlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishiga; ayollarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etib, gender muaamosini echishga: yangi ish o‘rinlari yaratishga; kredit bozorida yangi segmentni yaratilishiga va h.k. Bank bo’lmagan kredit muassasalari funksiyasini iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarga bo‘lish mumkin: Iqtisodiy funksiyasi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga, aholini ushbu jarayonga jalb qilinishiga, shuningdek, kichik biznesni yiriklashishiga va mulkdorlar qatlamini yaratilishi ko‘maklashishdir. Yangi kredit tuzilmasi sifatida - kredit tizimini kengayishi va mustaxkamlashiga, jamg‘armalar va kreditlarni bozorini diversifikatsiyalashga ko‘maklashadi. Shuningdek, keyinchalik banklardan kredit olish uchun kredit tarixini yaratish vositasi ham hisoblanadi. Dunyo tajribasiga ko‘ra kredit muassasalari uchta guruhga bo‘linadi: rasmiy institutlar; yarim rasmiy institutlar; norasmiy institutlar. Rasmiy kredit institutlari mikrokredit xizmatlari ko‘rsatib, ularning faoliyati umumiy qonunchilik bilan birga banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinadi. Shuning uchun bunday kredit institutlari banklar singari nazorat kilinadi. Yarim rasmiy kredit institutlari umumiy qonunchilikka bo‘ysunadilar, lekin ularning faoliyati banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinmaydi. Norasmiy institutlarga esa umumiy tijorat hamda banklar qonunchiligi ko‘llanilmaydi. Xalqaro amaliyotda Bank bo’lmagan kredit muassasalariga quyidaglar kiradi: Kredit uyushmalari. Ular faqat o‘z-o‘zlariga depozit qabo‘l qiladi va o‘z-o‘zlariga kredit beradi. Mikrokredit muassasalari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabo‘l qilish huquqiga emas. Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo‘li bilan kredit beradi. Lizing kompaniyalari Faktoring kompaniyalari. Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to‘la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi. Kreditviy lizing Operativ lizing Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug‘ullanadi. Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o‘rtasida to‘lov instrumentlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Kredit kooperativlari ma’lum bir sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarni kreditlash maqsadida tashkil etilgan. Pensiya fondi Inkassatsiya muassasalari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to‘lov hujjatlarini inkassatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Lekin O‘zbekistonda bunday tashkilotlar yo‘q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya “Respublikamiz inkassatsiya birlashmalari” tomonidan amalga oshiradi. Sug‘urta kompaniyalari. Bank bo’lmagan kredit muassasalari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega: Bank bo’lmagan kredit muassasalari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi. Bank bo’lmagan kredit muassasalari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Chunki Bank bo’lmagan kredit muassasalari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.
Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling