Mavzu: bank bo’lmagan kredit muassasalari reja
-jadval Kredit uyushmalari bilan banklar o‘rtasidagi asosiy farq
Download 41.03 Kb.
|
BANK BO’LMAGAN KREDIT MUASSASALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banklar Kredit uyushmalari
2-jadval
Kredit uyushmalari bilan banklar o‘rtasidagi asosiy farq
Kredit uyushmalarida boshqaruvning yuqori organi bo‘lib uning a’zolarining umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marotaba, kreditviy yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilinadi. Kredit uyushmasining har bir a’zosi, ustav fondidagi pay badali miqdoridan qat’i nazar, umumiy yig‘ilish tomonidan qaror qabo‘l qilish paytida bir ovoz huquqiga egadir. Umumiy yig‘ilish qarori umumiy yig‘ilishda hozir bo‘lgan kredit uyushmasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabo‘l qilinadi. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi: - ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirishga doir o‘zgartishlar bundan mustasno; - daromadning bir qismini kredit uyushmasining a’zolariga to‘lash tartibini tasdiqlaydi; - kredit uyushmasi a’zolari orasidan kengash, kredit qo‘mitasi, taftish komissiyasi a’zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi; - yillik kreditviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo‘mitasi va taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi; - auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi; - kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabo‘l qiladi. KU tashkiliy tuzilmasi : 1. Ishtirokchilar Umumiy yig‘ilishi 2. Kredit qo‘mitasi Kengash Taftish komissiyasi 3. Ijrochi Organ 4. Kredit uyushmasi xodimlari KU oladigan foydaning bir necha manbalari mavjud: - ishtirokchilarga kredit berish paytida olinadigan foizlar; - KU amalga oshiradigan investisiyalar bo‘yisha foizlar; - ba’zi xizmatlarni taqdim etganlik ushun komission to‘lovlar. Xavfsiz va kreditviy barqaror institut bo‘lishi uchun omonat kredit uyushmasi ishtirokchilarning jamg‘armalarini himoya qilish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o‘ylab ish tutishi kerak. Butun dunyoda faoliyat ko‘rsatayotgan kredit uyushmalarini takomillashtirish kredit uyushmalari faoliyatining samaradorligini ta’minlaydigan kreditviy boshqaruv hamda ishki nazorat tizimini barpo etish yo‘l i bilan amalga oshirilib, institutning xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e’tiborni beradi. Ustav fondiga pay badalini kiritgan istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs kredit uyushmasining ishtirokchisi bo‘la oladi. Unga kredit uyushmasi tomonidan berilgan sertifikat shaxsning kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. Kredit uyushmasining a’zosi: - kredit uyushmasi taqdim etadigan xizmatlardan foydalanish; - kredit uyushmasini boshqarishda ishtirok etish; - belgilangan tartibda kredit uyushmasi daromadining bir qismini olish; - ustavga muvofiq kredit uyushmasi faoliyati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish; - kredit uyushmasidan chiqish; - kredit uyushmasi tugatilgan taqdirda mol-mulkning pay badaliga mutanosib qismini olish huquqiga egadir. Kredit uyushmasining a’zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘la oladilar. Kredit uyushmasi a’zolari quyidagi majburiyatlarga ega: - ustavga rioya qilish; - kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi, kredit uyushmasi kengashi, kredit qo‘mitasi, taftish komissiyasining qarorlarini bajarish; - olingan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish; - kredit uyushmasining amaliy obro‘-nufuzi va kredit qobiliyatini oshirishga ko‘mak berish. Kredit uyushmasining a’zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Download 41.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling