1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish


Download 0.58 Mb.
bet15/30
Sana02.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1243397
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
EET yakuniy

6-Variant
1.ETTning sinflanishi.
. Elektron to’lov tizimlarining sinflanishi.
Rossiyada ommabop bo’lgan to’lov tizimlaridan yana boshqalari Yandeks.Dengi va QIWI-kosheleklardir. Tadqiqotlarga ko’ra 12 millionga yaqin rossiyaliklar “Yandeks.Dengi”, 13 millionlan ortig’i “QIWI koshelek” akkaunt (hisob-raqam)lariga ega.
Bu elektron to’lovtizimlarni boshqacha qilib fiatsiz elektron pullar deb ham atashadi.Bular qatoriga yana quyidagi tizimlarni kiritish mumkin:
• EasyPay
• OKPAY
RBK Money
• Dengi@Mail.Ru (QIWI- 100% sotib olgan)
• SKRILL
• Kriptovalyutalar: Bitcoin, Litecoin
• Eleksnet
• PayQR
Perfect Money
• PayPal
• Moneybookers com
• va boshqalar.
Shular ichidan dunyo miqyosida amal qiladigan, hammabop tizimlardan OKPAY va Perfect Moneylarni alohida ajratish mumkin.
Birinchidan, bu ikkala tizimdagi elektron pullarning himoyalik (xavfsizlik)darajasi o’ta yuqori bo’lib, verifikasiya (shaxsni to’liq tasdiqlash) operasiyalarini amalga oshirgandan keyingina kerakli darajaga erishish mumkin. Ikkinchidan, halqaro tranzaksiyalar tezkorlik bilan, minimal foizlarda amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda ham elektron to’lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun va qonun-osti hujjatlari bank va to’lov tizimini tartibga solishga, elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan.
O’zbekistonda elektron pulni tranzaksiyasi bilan shug’ullanadigan, aholi o’rtasida keng tarqalgan tizim bu Slick.uz dir (Paynet va Uzcarddan tashqari). Undagi to’lovlar uyali telefon tarmog’i orqali amalga oshiriladi. www.click.uz
Shunday tizimlardan yana biri UPAY to’lov tizimidir. Bu to’lov tizimi 2010 yilda O’zbekiston Savdo-sanoat Palatasi, ATB “Mikrokreditbank” va «Beeline» uyali telefon operatori hamkorligida yaratilgan va boshida «SMS-TOLOV» degan nom olgan edi. Ishlash prinsipi Slick.uz tizimiga o’xshash. www.upay.uz. Ushbu to’lov tizimlari orqali hozirgi kunda telefon, kommunal, internet hizmatlari, soliq, sug’urta to’lovlari,temir yo’l va avia-chiptalaruga buyurtmalar berish operasiyalarini amalga oshirish mumkin.
Mamlakat xududida nnternet banking operasiyalarini amalga oshiradigan yangi tizimlardan yana bittasi — bu WEBSUM.UZ tizimidir.
WEBSUM – bu Internet tarmog’i orqali bir zumda tovar yoki xizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to’lov tizimidir.
WEBSUM elektron to’lov tizimi manzili: www.websum.uz
Afsuski, iPAY – UzExdagi birja savdolarida va internet do’konlarda onlayn to’lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, O’zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasining to’lov tizimi hozirgi kunda faoliyatini to’htatganga o’xshaydi.
Xo’sh, elektron to’lov tizimning afzalliklari nimadan iborat:
• Xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega
• Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati
• Ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nechta sotuvchilarga murojaat qila olish imkoniyati
• Xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati
• Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling