1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish
Plastik kartalarning turlari va xususiyatlari
Download 0.58 Mb.
|
EET yakuniy
2.Plastik kartalarning turlari va xususiyatlari.
Plastik kartalarning turlari va xususiyatlari. Plastik kartalari — bu turli xil mahsulotlar va xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirishning zamonaviy usuli. Plastik kartalar o’z egalari uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi: xarid uchun to’lovni amalga oshirish va bankomatlardan naqd pulni olish; mEHMonxonalardagi xonalarni band qilish, havo va temir yo’l chiptalarini sotib olish; mablag’larni tezkor tarzda boshqarish va plastik kartalardan foydalanib o’tkaziladigan barcha operasiyalarni nazorat qilib borish. «Asia Alliance Bank» ATB plastik kartalari. • Sizning mablag’laringizning ko’p pog’onali himoya tizimi. • Ish xaqlari loyihalarini yuritish. O’zbekiston Respublikasida 3 turdagi BPK muomalaga chiqariladi. Bular: shaxsiy BPK; korporativ BPK; yakka tartibdagi tadbirkorning milliy valyutadagi BPK. Bank chiqaradigan so’mli kartalarning turlari: Mehnat haqi plastik kartasi (Individual (alohida kishining) to’lov kartasi) — tashkilot va uning har bir xodimi o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida, tashkilot xodimlari tomonidan ochiladi. Bu karta egasi mehnat qilayotgan korxonasidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (nafaqa, stipendiya va h.k.) olishi, savdo punktlarida xarid qilgan mollari va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishi, bank g’aznalari POS terminallaridan naqd pul mablag’larini olishi mumkin; Korporativ karta — yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo’lmagan xususiy tadbirkorlar uchun ochiladi, va ularga savdo-servis korxonalarida korxona uchun zarur bo’lgan tovarlar xarid qilish hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lovlarni amalaga oshirishlari imkoniyatini beradi. Bgungi kunda butun dunyoda plastik kartochkalar orqali to’lov tizimi keng tarqalgan. Ular to’lov vositasi sifatida supermarketlarda, magazinlarda, xizmatlar sohasidagi korxonalarda, uyali aloqa kompaniyalarida, avia va temir yo’l kassalarida, avtomobillarga yoqilg’i quyish shahobchalarida va boshqa joylarda qabul qilinadi. Kartochkalar orqali plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlar qabul qiluvchi elektron terminallar bilan jihozlangan istalgan savdo punktida to’lash mumkin. Plastik kartochkalarining afzalliklari: hisob-kitoblarning tezkorligi hamda aniqligi; xavfsizlik; mablag’larni jamg’arish. Plastik kartalar yordamida Siz quyidagi amaliyotlarni amalga oshirishingiz mumkin: Kartochkaga pul mablag’ining butunlay qismini yoki ma’lum bir qismini yuklash; Pul mablag’larini yopiq qoldiqdan ochiq qoldiqqa o’tkazish (ochiq qoldiqdagi mablag’larini sarflashda parol talab qilinmaydi); Kartochka parolini o’zgartirish, jumladan, terminal yordamida; Pul mablag’lari harakati haqida, shu jumladan terminal yordamida ham, ma’lumot olish; Karta balansi haqida, shu jumladan terminal yordamida ham, ma’lumot olish; Naqd pul olish. Plastik kartochkalarning naqd pullarga nisbatan yana bir qo’shimcha afzalligi shundan iboratki, uni yo’qotish mumkin emas. Butun dunyoda plastik kartalarni ishlatishning qulayligi, oddiyligi va ishonchliligi munosib baholangan. Bank kartalari – bu zamonaviy, qulay va Sizning pulingiz xavfsizligini kafolatlovchi elektron hamyondir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling