1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish
Aloqa vositalaridan foydalanish usullari
Download 0.58 Mb.
|
EET yakuniy
2.Aloqa vositalaridan foydalanish usullari.
Aloqa vositalari savdosining tarmoqda tashkil etilganlik holati. Hozirda mamlakatimiz internet tarmog’ida aloqa vositalari savdosi bilan shug’ullanuvchi bir qancha elektron do’konlar mavjud bo’lib, ular turlicha prinsipda ish olib boradilar. Masalan: www.yarmarka.uz, www.torg.uz, www.shops.uz kabi internet do’konlar faoliyatini tahlil qiladigan bo’lsak, bu internet do’konlarda aynan mobil telefonlar savdosi kataloglari mavjud bo’lib, ularda: - LG - Samsung - Nokia - Motorola - SonyEricson - Iphone - HTC kabi bir qancha ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning turli modeldagi mobil telefonlari va aksessuarlari sotuvga qo’yilgan. Mijozlar bu do’konlarda maxsulotlarni bepul ko’zdan kechirib, ma’lumotlar bilan to’liq tanishib chiqib, zarur maxsulotni o’z elektron savatiga solishlari yoki tezkor buyurtma variantini tanlashlari mumkin. Bunda savatga solish uchun saytda qayd qilinish talab etiladi va o’z login va parollariga ega bo’lib, savatga maxsulotlarni solish imkoniga ega bo’ladilar. Agar tezkor buyurtma tanlanadigan bo’lsa, u xolda yetkazib berish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlar, ya’ni kimga va qaysi paytda, qayerga yetkazib berish kerakligi so’raladi. Forma to’ldirilgach, maxsulot va siz xaqingizdagi ma’lumotlarning to’g’riligini tasdiqlash so’raladi. Keyin ma’lumotlar do’kon boshqaruvchisi ma’lumotlari bazasiga yoziladi. Do’kon menejeri mijoz bilan telefon orqali bog’lanadi va kelishib olinadi, natijada maxsulotni yetkazib berishni amalga oshiradilar. Mahsulotlarni yetkazib berishda esa ma’lum territoriyalarga tekin, undan tashqari joylarga esa ustama haq to’lash bilan yetkazib beriladi. Ayrim internet do’konlar esa, masalan www.korzinka.uz internet do’koni maxsulotlarga buyurtma berishda to’lov summasi 30 000 so’mdan oshadigan bo’lsa, yetkazib berish tekin amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu do’kon mijozlar uchun tez-tez chegirmalar va aksiyalar e’lon qiladi. Bu narsa mijozlar bilan o’zaro munosabat marketingida muxim omil xisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling