1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish
Internet to’lov muhiti to’lovlarni tashkillashtirish
Download 0.58 Mb.
|
EET yakuniy
2.Internet to’lov muhiti to’lovlarni tashkillashtirish.
Internetda to’lov muhiti to’lovlarni tashkillashtirish. Prezidentimizning «O’zbekiston Respublikasida investisiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoni hamda «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori tadbirkorlik rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Har ikki hujjatda belgilangan yangi imtiyoz va tartiblar haqida mamlakat bank tizimi mas’ullari, manfaatdor idora va tashkilotlar xodimlari — kichik biznes subyektlari vakillari hamda ishbilarmonlarga ma’lumotlar berishdi. Beshta tamoyil asosida barqaror rivojlanayotgan mamlakatimiz iqtisodida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim o’rin tutadi, — deydi Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo’mitasi a’zosi, senator Rahima Qo’rg’onova — Aynan ushbu sohada muayyan qonunchilik bazasi shakllantirildi. Xususan, jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiyoti uchun mutlaqo yangi 9 ta qonun qabul qilingani, amaldagi 24 ta qonunga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgani ham yurtimizda tadbirkorlik subyektlarining emin-erkin faoliyat yuritishi uchun mustahkam huquqiy asos bo’lmoqda. Bu esa tadbirkorlarning xalqaro miqyosda samarali va ishonchli faoliyatini kafolatlaydi. So’nggi yillarda mamlakatimizda ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilash, biznesni yuritishning jahon amaliyotida qabul qilingan baholash mezonlarini joriy etish, shu asosda mamlakatning xalqaro reytingini yangi pog’onaga ko’tarish borasida izchil chora-tadbirlar yo’lga qo’yildi. Xususan, O’zbekiston bank tizimi mamlakatimizda yuqori darajadagi qulay sarmoya iqlimini yuzaga keltirish, kredit tashkilotlarining shaffofligini ta’minlash asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini yaxshilash, ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda amaliyotga erkin bozor iqtisodiyoti mezonlari va talablariga to’liq javob beradigan tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ana shunday imtiyozlardan biri — kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlashning yangicha tartibi bo’lib, unga muvofiq kreditlash obyektlari — mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklari safiga oilaviy korxonalar va xususiy tadbirkorlar ham qo’shildi. Kreditni rasmiylashtirish jarayonlari maksimal darajada soddalashtirildi va optimallashtirildi. Endi qarz oluvchilar bankka kredit arizasi bilan hisob-raqamidagi pul mablag’lari oqimi ko’rsatilgan holda biznes rejalarini nafaqat qog’ozda, balki elektron shaklda topshirishlari kifoya. Ayni paytda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida tijorat banklari tomonidan mijozlar bilan hamkorlik qilishning elektron shakllarini joriy etish choralari ko’rilmoqda. Prezidentimizning mazkur farmonida belgilangan qulayliklardan yana biri shuki, endilikda banklar Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida «Tadbirkorlik subyektining kabineti» orqali interaktiv xizmatlar ko’rsatishni boshlaydi. Ana shunday kabinet tufayli tadbirkorlar uchun o’z ofisida turib moliya, soliq, statistik va boshqa hisobotlarni taqdim etish, rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo’ladi. Internet-banking tizimi orqali xizmat ko’rsatishi kengaytiriladi, soliq va boshqa majburiy to’lovlar, kommunal to’lovlar, lisenziya va ruxsatnomalar uchun olinadigan davlat bojlari va yig’imlarini mana shu tizim orqali amalga oshirish mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling