Mavzu: Monoblok kompyuteri xususiyatlari


Download 24.4 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi24.4 Kb.
#1339876
Bog'liq
shaxsiy kompyuter nazariy docx


Mavzu: Monoblok kompyuteri xususiyatlari

Yangi kompyuter olish jarayonida, bir necha savollar tug‘iladi. Ilgari kompyuter va noutbuk tanlovi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda tanlash ozgina murakkablashgan, sababi, kompyuter, noutbuk qatoriga, monoblok ham qo‘shildi. Hozirgi kunda monoblokni, internet-magazinlarda keng assortimentlarda uchratish mumkin. Kompyuter tanlashda: oddiy yoki monoblok tanloviga ushbu maqolada ta’rif beraman.


Kompyuter-monoblok nima?
Kompyuterning bu ikki turini taqqoslashdan avval monoblokning xususiyatlarini ko‘rish lozim.
Kompyuter-monoblok – bu kompyuter, monitorga sozlangan sistema blok. Bir so‘z bilan aytganda, monoblok – bu monitorni o‘zida, sistema bloki jamlangan ko‘rinishidir(protsessor, ona plata, OZU, vinchester, videokarta, elektr ta’minot bloki(blok pitaniya)). Monoblokka ulanadigan qo‘shimcha qurilmalar(klaviatura, monitor, sichqoncha,…) uchun raz’yem, uning orqa yoki yon qismida joylashgan bo‘ladi.

Monoblok, noutbuk singari jamlanmalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Monoblokka oddiy sistema bloki singari, klaviatura, sichqoncha, printer hatto ikkinchi monitorni xam ulash mumkin. U mukammal ishlashi uchun, klaviatura va sichqonchani ulasangiz bas.

Kompyuter-monoblokni afzallik va kamchiliklari.


Qulaylik jihatidan qarasak, monoblok yuqori o‘rinlarda turadi. Chunki u juda ixcham va yengildir. Stolimiz ustida katta joy egallamaydi va oddiy kompyuter kabi ulanish simlaridan iborat emas. Undan tashqari, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish ham muammo tug‘dirmaydi.
Ko‘rinishiga keladigan bo‘lsak, monoblok odatiy monitordan kattaroq bo‘lib, og‘irligi ham biroz og‘irroqdir.
Oddiy kompyuterning asosiy va alohida afzalligi, ishlash tezligi va qo‘shimcha qurilmalarni bemalol almashtirishdan iboratligidir. Bardoshliligi jihatidan, oddiy kompyuter monoblokka qaraganda bardoshliroqdir.
Biz, sistema blokini qopqog‘ini ochib, qo‘shimcha elementlarni eskisini olib, yangisini qo‘yib, yangilashga o‘rganib qolganmiz, monoblokda esa, avval elementlarni o‘rganib, ularni almashtirish mumkinligiga ishonch xosil qilgandan so‘ng o‘zgartirish mumkin. Ayrim monobloklar modellarida, elementlarni o‘zgartirib ham bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘zgartirish uchun mos bo‘lgan elementlarni topish zarur, buni topish esa biroz qiyinroq.

Bunga misol qilib, sovutish tizimini olish mumkin. Oddiy kompyuterlarda protsessor uchun kuller, elektr ta’minot bloki uchun kuller hattoki, videokarta uchun ham kullerlar ishlatiladi, kamiga yana qo‘shimcha kuller o‘rnatish ham mumkin bo‘ladi. Monoblokda esa, tizimni sovutish bunchalik rivojlanmagan va issiq kunlarda monoblokni qizishi, uni ishlashiga yomon ta’sir qilishi mumkin.


Qaysi tanlov maqulroq?
Yendi asosiy savolga javob izlashga harakat qilaylik. Umuman olganda qaysini yaxshi deb olish notug‘ri chunki bu qurilmalarning o‘z vazifasi mavjud.
Narx jihatidan monoblok odatiy sistema bloki va monitordan qimmatroq.
Monoblok, maktab o‘quvchilari, talabalar va albatta ishchilar uchun yaxshi tanlov. Bu kompyuter turi kuchli 3D o‘yinlar va Bly-ray sifatidagi filmalar uchun mos kelmaydi.
Agar siz asosan internet, ofis ilovalar, mini-o‘yinlar, musiqa va video ko‘rish uchun kompyuter qidirayotgan bo‘lsangiz, monoblok yaxshi tanlov bo‘ladi.Monoblokning aloxida afzalligi xonada joyni tejashi. Bundan tashqari, monoblok ofis uchun eng yaxshi tanlov.
Monoblok sotib olishda parametrlari yuqori bo‘lishini inobatga olish zarur. Agar kuchliroq kompyuter (qudratli o‘yinlar, yuqori darajadagi filmlar) uchun kelajakda yangilash niyatida bo‘lsangiz, monoblok tanlovi bu holatda yaxshi yechim emas, uning uchun oddiy monitor va sistema bloki ko‘rinishidagi kompyuter sotib oling.
Sensor ekranli monobloklar xam mavjud bo‘lib, planshet kompyuterning turli modellari xam bor, lekin u ham qimmat turadi.
Download 24.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling