14. Teng bog‘lanish mavjud qatorni aniqlang.
A) Barchinning otasi B) Sen bilan C) Po‘lat ot D) men,
sen
15. Qaysi qaotordagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri
yozilgan?
A) avtomat, iztirob B) aftobus, tafsif
C) aftomobil, kareys D) jaxon, tatqiqot
16. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yo‘l bo‘yidagi rang-barang gullar qiyg‘os ochilgan edi.
B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi.
C) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi.
D) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar
girdobida qiynaldi.
17. Qaysi gapda teng bog‘lanishli birliklar qo‘llanmagan?
A) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir.
B) Ayol – go‘zallik, nafosat va muhabbat timsoli.
C) Sohibqiron ayol qadriga, go‘zalligiga ichki bir
muhabbat bilan qaragan.
D) barcha gaplarda teng bog‘lanishli birlik qo‘llangan
18. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil
izlanishmoqda.
B) Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. .
C) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.
D) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.
19. Qaysi gapda kesim ibora bilan ifodalangan?
A) Dadam qo‘li ochiq, quvnoq odam edilar.
B) U birdaniga to‘nini teskari kiyib oldi.
C) Qo‘l yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga
D) Ozod yuraklarga baxt nuri to‘lgan.
20. Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Yaponiya milliy jamoasini yutdi. Ushbu gapda yutmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
A) ichmoq, yemoq
B) biror nima deyishdan o‘zini tiymoq, oshkor qilmaslik
C) yengmoq, mag‘lub etmoq
D) o‘z qa’riga tortmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |