Bolalar jamoasini shakllantirishda axloqiy sifatlarni tarbiyalash


Download 1.3 Mb.
Sana05.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1080616
Bog'liq
Bolalar jamoasini shakllantirishda axloqiy sifatlarni tarbiyalash

Bolalar jamoasini shakllantirishda axloqiy sifatlarni tarbiyalash

  • Reja:
  •  

  • 1. Bolalar jamoasini shakllantirishning maqsadi va vazifasi
  • 2 Bolalar jamoasini shakllantirishning о‘ziga xos xususiyatlari.
  • 3. Jamoani shakllantirish bosqichlari.

1. Bolalar jamoasini shakllantirishning maqsadi va vazifasi

  • Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bо‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi.
  • Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr pedagogika faniniig rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan.
  • Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik jihatdan boshqariladigash jarayondir.

Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyagi jarayonida amalga oshiriladi.

  • Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyagi jarayonida amalga oshiriladi.
  • Jamoada bolalar eng avvalo muomala meyorlarini amalda о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-xarakatlarini boshqa odamlar manflatlariga muvofiq tarzda qо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar.
  • Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega bо‘lgan holda, tobora rivojlanib boruvchi tizimdir.
  • Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa, turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir -biriga bog‘lik maqsad, manfaat va kechiimalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va uyushgan bolalar guruhidir.

2 Bolalar jamoasini shakllantirishning о‘ziga xos xususiyatlari.

  • Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning axamiyati haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli kechinmalari, birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi rivojlanishning asosidir.
  • Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro yordam, mas’uliyatlilik kabi xususiyatlar namoyon bо‘ladi.

3. Jamoani shakllantirish bosqichlari.

  • Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga buysunish, shuningdek, jamoa oddidagi javobgarlik asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan iborat.

E’tiboringiz uchun tashakkur

  • E’tiboringiz uchun tashakkur

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling