1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Bino karkasi montajini ketma-ketligi


Download 298.79 Kb.
bet2/48
Sana10.11.2023
Hajmi298.79 Kb.
#1761923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

3.Bino karkasi montajini ketma-ketligi
Montaj qilish ketma-ketligi bo’yicha uchta etapga bo’linadi:
• poydevorlarni o’rnatish va binoni er osti qismini montaji, ba’zida birinchi yarus ustunlarini;
•binoning karkasini va orayopma plitalarini montaji to’g’rilab va mahkamkamlash bilan;
•devorlarni yirik panellarini ilib o’rnatish;
Bino er ustki qismini konstruksiyalari, odatda ob’ektni er ostki qismi barcha ishlari – erosti komunikatsiyalarini o’rnatish, yo’l va yo’laklar qurilishi, poydevor chetlari va sokol chetlari to’ldirilishi va boshqalar tugagandan so’ng montaj qilinadi. Ikkita yoki uchta xarorat bloklari bilan bo’lingan uzun binolarning konstruksiyalari harorat
bloklari oralig’ida qamrovlarga bo’linib montaj qilinadi. Bunda bir qamrovdagi konstruksiyalarni montaji boshqa qamrovdagi umumqurilish va maxsus ishlar bilan birgalikda olib boriladi. Qamrovdagi konstruksiyalar montaj qilinib boshqa qamrovlarga bog’liq bo’lmagan holda qabul qilishga topshirilishi mumkin.
Montaj qamrovlarini o’lchamlari odatda quyidagicha qabul qilinadi:
• binoning uzunligi bo’yicha – uzunligi 72m gacha bo’lgan bitta harorat bloki;
• binoning eni bo’yicha – hamma bino yoki binoning yarmi kran binoning bo’ylama tomoni bo’yicha joylashtirilganda, bir necha ustun qadamlari − kran binoning ichida joylashtirilganda.
Montaj usullari va montaj asbob-uskunalari ishlab chiqarish loyihasi (IBL) yoki texnologik xaritalar asosida binoning qavatlar soni, montaj ishlari hajmi va elementlarning konstruktiv xususiyatlariga qarab o’rnatilishi kerak. Ko’p qavatli binolarni karkasini montaj qilishda ustunlar ikki va undan ko’p qavatga mo’ljallangan bo’lsa guruhli konduktorlardan va ramali-sharnir indikatorlari (RSHI)dan foydalanish tavsiya etiladi. Kam qavatli va ikki oraliqli binolar karkasini montaj qilishda bittalik konduktorlardan foydalanish qo’layroqdir.


2-variant
1.Alohida bino qurilishida IBL (ISh bajarish loyihasi) ning tarkibi va mazmuni
1. Ob’ekt bo’yicha ishlarni bajarish kalendar plani yoki majmuali to’rli grafikda barcha ishlarni bajarish ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlari imkon qadar ishlarni birgalikda bajarilishini e’tiborga olgan holda, qurilish mashinalarini me’eriy ishlash vaqti, mehnat resurslari va mexanizatsiya vositalariga bo’lgan talab, alohida brigada yoki jamoalar zimmasiga yuklatiladigan ishlar, ularning miqdoriy va kasbiy tarkibi o’rnatiladi.
2.Qurilish bosh plani (QBP), u o’z ichiga oladi:
• qurilish maydonining chegarasi va uni to’sish devorining turlari;
• doimiy va vaqtinchalik tarmoqlar va kommunikatsiyalar;
• doimiy va vaqtinchalik yo’llar;
•transport vositalarini va qurilish mexanizmlarini harakat sxemalari;
• qurilish mashinalari va yuk ko’tarish mexanizmlarining ularning harakat yo’llari va ta’sir zonasini ko’rsatish bilan o’rnatilish joylari;
• quriladigan hamda vaqtinchalik bino va inshootlar;
avtotransportni yuvish zonasi;
• maishiy xonalar joylashuvi;
• ishchilarni harakat yo’li, bino va inshootga kirish yo’lkalari;
• qurilish maydonining elektr ta’minoti va yoritish manbaalari;
• material va konstruksiyalarni joylashtirish maydonlari va asrash binolari;
• yong’inga qarshi joylashtirilgan suv quvurlari va gidrantlar;
• konstruksiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonlari;
• qo’riqchilarni nazorat-o’tkazish punktlari.
3. Alohida ish va jarayonlarni bajarish texnologik xaritalari va sxemalari.
4. Konstruksiyalar, buyumlar va materiallarni ob’ektga keltirish grafigi.
5.Ob’ektdagi ishchilarga bo’lgan talab grafigi.
6. Asosiy qurilish mashinalarining ishlash grafigi.
7. Geodezik ishlarni bajarish bo’yicha echimlar.
8. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha qarorlar.
9. Qurilish ishlarini bajarish uchun kerakli texnologik inventar va uskunalar ro’yxati, yuklar va konstruksiyalarni ildirish sxemalari.
10. Texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari bayon etilgan tushuntirish xati.
Juda murakkab konstruksiyali yoki ishlarni bajarish usuli murakkab inshootlar qurilishi uchun IBLga qo’shimcha ravishda maxsus yordamchi inshootlar uchun , moslamalar, konstruksiyalar va texnologik echimlarga mos ishchi chizmalar ishlab chiqiladi.

Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling