21. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos emas?
A) paronimlarga xos emas B) paronim va ma’nodoshlar uchun xos emas C) ko‘p ma’noli so‘z uchun xos emas
D) ma’nodosh(sinonim)lar uchun xos emas
22. Ilk og‘och gulladi. Ilik o‘z o‘rnida aziz, ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Ushbu gaplarda ostiga chizilgan so‘zlar o‘zaro shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) omonimlar B) paronimlar C) sinonimlar D) antonimlar
23. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yoriq - yorug‘ B) yuvindi – yuvundi
C) archish - artish D) o‘tirmoq - o‘ltirmoq
24. Quyidagi sinonim so‘zlarni qaysi so‘z o‘zaro bog‘lab turibdi?
A) tulki B) tullak C) ayyor D) shayton
25. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatordagi javobda berilgan?
A) sir (insonning siri), sir (idishning siri) sir (davlat siri); B) ot (hayvon), ot (harakat), ot (so‘z turkumi), ot (ism); C) yoz (fasl), yoz (harakat), yoz (yoymoq ma’nosidagi harakat) D) dam (nafas), dam (bosqon), dam (hordiq).
26. Yuz – bet – aft – bashara – turq - chehra - jamol sinonimik qatorida hissiy-ta’siriy bo‘yoqdor so‘zlar qaysi bir javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yuz, bet B) aft, bashara C) chehra, jamol D) bashara, jamol
27. Odam – kishi – inson - bashar; ko‘krak – ko‘ks – bag‘ir - to‘sh - siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy) uslubga xos so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) bashar, siyna B) inson, bag‘ir C) odam, ko‘krak D) kishi, bag‘ir
Do'stlaringiz bilan baham: |