1-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi.
A) omonim B) paronim C) sinonim D) ko‘p ma’noli so‘z
2. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin
3. Qurilishda men boshliqman, Bo‘riyev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?
A) mayl B) izn C) izm D) mayl, izn
4. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
5. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) kiyinmoq-ekinlar B) o‘qildi-yozildi C) gulzorlarda-paxtazorga D) uchrashmoq-o‘rganish
6. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi?
A) adil-odil B) adolatli-odil C) adil-tik D) odil-adl
7. O‘chib borayotir qanchalar kalom,
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom,
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:
U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.O.) Banddagi sobit so‘zining sinonimi...
A) yoqimli B) ishonchli C) qat’iy D) doimiy
Do'stlaringiz bilan baham: |