Yuvish mashinasida yuvdi. Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham ayblarini yuvdi
Download 18 Kb.
|
majburiy (1)
1.Quyidagi berilgan so’z qo’shilmalaridagi suzmoq so’zi qanday so’z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi. A)omonim B) paronim C) sinonim D) ko’p manoli so’z 2.Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi? A) Rayhona kirlarni kir yuvish mashinasida yuvdi. Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham ayblarini yuvdi B) Tut xalq xojaligida eng ko‘p foydalaniladigan daraxtlar sirasiga kiradi. O‘g‘lim, yaxshilarning etagini tut, adashmaysan. C) Biz yosh kadrlarni malaka oshirish uchun Yevropaga jo‘natdik. Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko‘rsatdik. D) Arg‘amchiga qil — quvvat. Doniyor, sen uy vazifalarini o‘z vaqtida qil. 3.Paronimlar bilan bog'liq uslubiy xato yuz bergan qatorni aniqlang. A) Bog'imizdagi sada, bobomning aytishicha, yuz yildan ortiq yashayotgan ekan.B) Men unga razm solib, texnikaga qiziqishini bilib oldim. C) Bilimsizlikning tup sababi, kitob o'qimaslikdir. D) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz 4.O'qituvchimiz ikki gapning orasida ko'p kitob o'qish lozimligini ta'kidlardi.Ikki gapning orasida iborasining ma'nosini toping. A) har zamonda B) qayta-qayta C) ortiq darajada D) qunt bilan 5. Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Erta bahorda o’n tup mevali daraxt ko’chati o’tqazdik. B) Otabek ham istehzoli tabassum orasida Homidga ko’z qirini tashladi. C) Yo’lchi mashaqqatlar, qiyinchiliklar ichida bo’lsa ham, faqir hayotning uch yilini Mirzakarimboy eshigida o’tqazdi. D) Quyosh hamal yulduzlar burjiga o’tishi bilan kunlar isiy boshladi. 6. Antonim so’zlarni aniqlang .A) kech, xayr, kul, tuz B) qarash, boqish, nigoh, nazar C) suyuq, quyuq, yirik mayda D) bahs, tortishuv, munozara 7.Haybatli sharsharalar, sochar kumush zarralar ushbu gapda qoʻllangan ma'no ko'chish turini aniqlang. A) Metafora. B) metonimiya. C) sinekdoxa. D) vazifadoshlik 8. Oʻrmonga oʻt tushsa hoʻl -u quruq barobar yonadi. Ushbu maqolda qoʻllangan ma'no ko'chish turini aniqlang. A) metonimiya. B)sinekdoxa. C)Metafora. D) vazifadoshlik 9.antonim qoʻshimchalar qoʻllangan gapni aniqlang. A)Beayb Parvardigor. B)Aql egasi hiylaga aldanmagay. C)Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz doʻstini. D) Koʻrganga diydor qadrli edi. 10.kochma maʼnoli soʻz Berilgan gapni aniqlang. A)Temir qoshiq. B)Tilla soat. C)issiq choy. D)issiq soʻz Download 18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling