Oʻzbek tilida qarindosh-urugʻlar qanday nomlanishini bilasizmi? Ayting.
Bu savol oʻquvchilarni
mavzuga olib kirish, ogʻzaki nutqida qarindosh-urugʻ
nomlarini faollashtirish, ushbu til birliklaridan oʻrinli foydalanish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilarga yoʻnaltiruvchi savollar bilan koʻrsatma berishi maqsadga muvofiq:
Otangizni opalari sizga kim boʻladi?
Onangizni aka yoki ukalarini nima deysiz?
Bobo-buvijonlariningizga siz kim boʻlasiz?
Asosiy qism. Ogʻzaki nutq.
Rasmlarga qarang va savollarga javob bering.
Rasmda kimlar tasvirlangan? Ularni shevangizda qanday atashadi? Adabiy tilda-chi?
Bu savol oʻquvchilarning oʻz shaxsiy kuzatishlari asosida javob berishga qaratilgan. Bunda oʻqituvchilar rasmda kimlar tasvirlanganligi va uni oʻz shevalarida nima deb atashlarini aytishlari lozim. Oʻqituvchi oʻquvchilarning fikrini toʻldirib,
bir-ikki misollar bilan tilimizning sheva asosida boyishi, turli soʻz bilan bir tushunchani ifodalash mumkinligi, bu oʻsha hududning kelib chiqishi tarixiga borib taqalishi haqida maʼlumotlar berishi lozim.
Masalan,
Buvi(adabiy tilda) – katta, toʻta, momo(shevada); Ona(adabiy tilda) – aya, oyi, opa, ena(shevada); Ota(adabiy tilda) – ada, dada(shevada)