Bobomning pensiyasi


Download 33.04 Kb.
bet4/8
Sana02.04.2023
Hajmi33.04 Kb.
#1319642
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10. Bobomning pensiyasi OʻK

Kirish.


  1. soat Dars jarayoni

Yaqinlaringiz sizni erkalab chaqirishganda qanday murojaat qilishadi?”

Asosiy qism. Morfologiya.


Quyidagi soʻzlarga -gina erkalash qoʻshimchasi hamda egalik qoʻshimchalarini qoʻshing. Imlo qoidasiga rioya qilgan holda ular ishtirokida gaplar tuzib, yozing.
Mazkur topshiriq otlarning lugʻaviy maʼnolari va ularning imlosini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan soʻzlarga –gina qoʻshimchasini qoʻshib, maʼnosi hamda imlosiga eʼtibor qaratib yozishari lozim.

Qoida. Morfologiya.


Oʻquvchilar otning lugʻaviy shakllari haqida amaliy topshiriq orqali tushuncha hosil qilganlaridan soʻng, ularga nazariy maʼlumot misollar bilan tushuntirib beriladi.

Sintaksis


Berilgan feʼllar bilan bogʻlana oladigan soʻzlarni aniqlang, ularni jadvalning kerakli ustuniga yozing. Bir soʻz har uchala feʼlga mos kelishi ham mumkin.
Ushbu topshiriq soʻzlarni maʼnosiga koʻra bogʻlab soʻz birikmasi hosil qilishlariga qaratilgan. Bunda oʻquvchilar berilgan soʻzlarga soʻroq berib, qaysi feʼl bilan birika olishini aniqlab, jadvalni toʻldirishlari lozim.
Bunda asosiy eʼtibor soʻzlarni maʼnosiga koʻra bogʻlay olishlari hamda ularni maʼnosini tushunishlariga qaratiladi.

Yozma nutq. Matn yaratish.


Oʻzingiz hosil qilgan birikmalar yordamida “Oilamiz byudjeti” mavzusida kichik matn yarating. Unda oilangizga bir oyda qancha mablagʻ kelishi va u qanday sarflanishi haqida maʼlumot bering.
Bu topshiriq yuqoridagi topshiriqning davomi boʻlib, oʻquvchilarning hosil qilgan birliklarini maʼnosiga koʻra kontekstda toʻgʻri qoʻllay olishi hamda matn yaratish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan mavzuga oid matn yozishlari lozim. Bunda oʻz shaxsiy kuzatishlari asosida mustaqil izlanib yozishlari maqsad qilingan.

Download 33.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling