Bobomning pensiyasi
Sizningcha, rasmda qavm-qarindoshlardan kimlar tasvirlanmagan?
Download 33.04 Kb.
|
10. Bobomning pensiyasi OʻK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orfografiya.
- Leksikologiya.
Sizningcha, rasmda qavm-qarindoshlardan kimlar tasvirlanmagan?Bu oʻquvchining shaxsiy kuzatishlari asosida qavm-qarindoshlikka oid til birliklarini nutqida faollashtirishga qaratilgan. Oʻquvchilar rasmda berilmagan qavm-qarindoshlarini nima deb atashlarini aytishlari lozim. Masalan, amakivachcha, xolavachcha, jiyan, nabira kabi. Orfografiya.Toʻgʻri yozilgan soʻzlarni aniqlab, yozing. Har ikki soʻz toʻgʻri boʻlishi ham mumkin. Ushbu topshiriq qavm-qarindosh nomlarining imlosini oʻzlashtirishga qaratilgan. Oʻquvchilar ikki xil koʻrinishdagi birlikdan birini tanlab, toʻgʻri yozilganini topib, yozishlari lozim. Javob: kelinoyi, nabira, xola, amakivachcha, momo, qarindosh-urugʻ, ota-yu ona, evara, togʻa-yu jiyan. Leksikologiya.Qarindoshlaringiz roʻyxatini tuzing. Ushbu roʻyxatni namunadagidek izohlab yozing. Mazkur topshiriq dars davomida oʻzlashtirgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda oʻquvchilar qarindoshlarining nima deb atalishi hamda izohi bilan birgalikda namunadagi singari yozishi lozim. Bunda asosiy eʼtibor qavm-qarindosh nomlari haqida tushuncha hosil qilishlari, imlosini oʻzlashtirishlari hamda unga izoh yoza olishlariga qaratiladi. Leksikologiya.Quyidagi soʻzlarni izohi bilan moslab yozing. Bu topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan. Oʻquvchilar jadvalning birinchi ustunida berilgan soʻzlarni ikkinchi ustundagi izohlari bilan moslab yozishlari lozim. Bu jarayonda lugʻatdan ham foydalanishlari mumkin. Asosiy eʼtibor ushbu soʻz haqida tushuncha hosil qilish va uni nutqlarida qoʻllay olishlariga qaratiladi. Javob: Evara – nevaraning bolasi (bobo va buviga nisbatan); Nevara – oʻgʻil yoki qizning farzandi (bobo va buviga nisbatan); Oila – er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tugʻishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar jamoasi; Farzand – bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola; oʻgʻil yoki qiz (ota-onaga nisbatan); Shajara – maʼlum bir urugʻ avlodlarining kelib chiqishi va oʻzaro qarindoshlik darajasini izchillik bilan koʻrsatuvchi roʻyxat; Chevara – Evaraning farzandi – oʻgʻli yoki qizi (katta boboga, buviga nisbatan). Download 33.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling