Bobomning pensiyasi


Asosiy qism. Ogʻzaki nutq


Download 33.04 Kb.
bet8/8
Sana02.04.2023
Hajmi33.04 Kb.
#1319642
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10. Bobomning pensiyasi OʻK

Asosiy qism. Ogʻzaki nutq.


Uy vazifasi yuzasidan taqdimot qiling.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirish hamda jamoat oldida nutq soʻzlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar oldingi darsda uyga vazifa sifatida yozib kelgan matnlarini taqdimot qilib berishlari lozim.
Bu jarayonda bir oʻquvchi gapirganda qolgan oʻquvchilar tinglovchi boʻlib, sinfdoshlarining nutqiga munosabat bildirishlari lozim. Bunda quyidagilarga amal qilishlari talab etiladi:

    • oʻzini tutishi;

    • mavzuga mos ohang, emotsiyadan foydalanishi;

    • mavzuga oid til birliklarini maʼnosiga koʻra toʻgʻri qoʻllashi;

    • mazmunni yetkazib bera olishi;

    • soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilishi, urgʻuni kerakli oʻrinlarda qoʻya olishi;

    • kirish, fikrni xulosalashga oid til birliklaridan foydalanishi.

Morfologiya.


Boʻsh oʻrinlarni mos ravishlar bilan toʻldirib, gaplarni koʻchiring. Oʻzingizga yoqqan hikmat asosida matn yozing. Matningizda ravishlardan foydalaning.

Ushbu topshiriq oʻquvchilarning ravishning maʼnosini tushunishi hamda mazmuniga mos kontekstda qoʻllay olishlariga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan hikmatlarni oʻqib, boʻsh oʻrinlarni kerakli ravish bilan toʻldirishlari lozim. Soʻngra oʻzlariga yoqqan bitta hikmatni tanlab u asosida matn yozishlari talab etiladi.
Javob:

Yoshlik bilan keksalik orasidagi muddat naqadar qisqa!

Keksalik xuddi qorday toʻsatdan bosadi, ertalab tursangiz hammayoq oppoq.

Qariganingda koʻproq yoshliging haqida oʻylaysan.

Qariganda koʻzlar yuzdan bosh orqasiga oʻtib qoladi: nuqul orqaga qaraysan,
avvalgi hech narsani koʻrmaysan, yaʼni umrlar bilan emas, balki xotiralar bilan yashay boshlaysan.

Biz koʻproq yashashni orzu qilamiz-u, ammo qarishdan qoʻrqamiz.

Hamisha oʻzimizni yoshimizga munosib tarzda tutaylik.

Ajinlar faqat avvalgi tabassum oʻrinlarini koʻrsatib tursin.



Uyga vazifa.


Yozma nutq. Tahlil.

Sevimli kinofilm yoki multfilmingizni qayta koʻring. Qahramonlar nutqida qoʻllangan ravishlarni qayd etib boring. Shu qismni qayta tinglang. Ularning gapda tutgan oʻrnini quyidagi jihatiga koʻra aniqlang.


Mazkur topshiriq oʻquvchilarning tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilarga berilgan koʻrsatma asosida mustaqil izlanib, oʻzlari uchun kerakli holat va unda ifodalangan ravishlarni aniqlab, qayd etib olishlari aytiladi.
Oʻqituvchi ularning kuzatishlari, qayd va izohlarini soʻrab munosabat bildirishi lozim.

MUSTAHKAMLASH




Dars jarayoni


Morfologiya.


Keksalarning maoshi” matnida keltirilgan sonlarni soʻzlar orqali ifodalab yozing. Bu sonlarning aytilishi va yozilishida farq bormi? Qanday?
Mazkur topshiriq oʻquvchilarga bir maʼnoni ikki xil ifodalash hamda ularni ishlatilish holatlariga koʻra farqlay olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar matn tarkibidan sonlar bilan ifodalangan oʻrinlarni topib, ularni namuna asosida yozishlari lozim.
Javob: 55 ellik besh, 35 oʻttiz besh, 30 oʻttiz, 5 mln besh million, 12%
oʻn ikki foiz, 600000 olti yuz ming soʻm, 420 toʻrt yuzi yigirma, 252000000 ikki yuzi ellik ikki million.

Morfologiya.


Berilgan ravishlarga soʻroq bering hamda ularni quyidagi guruhlarga ajratib yozing.
Ushbu topshiriq ravishning maʼno-turlarini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilarga berilgan ravishlarga soʻroq berib, ularni guruhlarga ajratib yozishlari aytiladi. Bu jarayonda oʻquvchilarni guruhlarga boʻlib, har bir guruh ravishning bir maʼno turini yozishlarini aytish ham mumkin. Asosiy eʼtibor oʻquvchilarning ravishlarni maʼnosiga koʻra farqlab, kerakli vaziyatda foydalana olishlariga qaratiladi.
Javob:

Holat

Payt

Oʻrin

Miqdor-daraja

Maqsad-sabab

jim, bafurja,

hamon, endi,

ichkarida,

oz, sal, oz,

qasddan,

toʻsatdan,

avval,

olgʻa,

picha, xiyol,

ataylab, noiloj,

piyoda,

kecha-

tashqarida,

koʻp, ancha,

joʻrttaga,

tasodifan,

kunduz,




kam




astoydil,

soʻngra,










birma-bir,

dastlab,










yayov,

hozircha,










yakkama-

doimo,










yakka, zoʻrgʻa,













yonma-yon















Leksikologiya.


Qarisi bor uyning parisi bor, Parisi bor uyning barisi bor” maqolini izohlab kichik ijodiy matn tuzing. Matningizda ravishlardan oʻrinli foydalanishga harakat qiling.
Ushbu topshiriq maqol mazmunini tushunish, uning mohiyatidan kelib chiqib matn yarata olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan maqolni izohlab kichik matn yozishlari lozim. Bunda asosiy eʼtibor bogʻlanishli nutq tuza olishlariga qaratiladi.

Uyga vazifa.


Oʻqib tushunish.

Turli sohalarda oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan saxovatli inson nafaqadagi keksalar uchun bir nechta imtiyozlarni belgiladi. Berilgan jadvalda ular bilan tanishingiz mumkin.


Mazkur topshiriq jadvalda berilgan maʼlumotlarni tushunish, ularning maʼno- mazmuni izohlab aytib berishga qaratilgan. Oʻquvchilar jadval bilan tanishib, oʻz munosabatlarini bildirishlari lozim. Bunda asosiy eʼtibor ogʻzaki nutqiga: sonlarni ifodalashi, ohang; jadval qismlarini tushunishi: har bir qismda nima maʼlumot borligini izohlashiga qaratiladi.

Yozma nutq. Matn yaratish.


Erkin bobo va Umri buvi xizmatlardan quyidagi shaklda foydalanishgan boʻlsa, ularga belgilangan imtiyozlar asosida har bir xizmat uchun qancha pul toʻlash kerakligini aniqlab, matn koʻrinishida yozing. Matningizda ravishlardan foydalaning.
Bu yuqoridagi topshiriqning davomi boʻlib, oʻquvchilar tanishib izohlab bergan imtiyozlari asosida ushbu jadvalni toʻldirib, uni matn koʻrinishida ifodalab yozishlari lozim.
Bunda asosiy eʼtibor jadvaldagi maʼlumotlarni tushunib, ketma-ketlikda ifodalab, bogʻlanishli nutq tuzib, matn yoza olishlariga qaratiladi.
Download 33.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling