Tasdiqlayman” 28-dmtt direktori D. M. Xatamova Sana
Download 1.04 Mb.
|
Buvijonim o`gitlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natija
- Buvi
- Qizlar
“Tasdiqlayman” 28-DMTT direktori _________D.M.Xatamova Sana:____________ “Buvijonim o`gitlari” mavzusida o`tkazilgan ochiq mashg`ulot ishlanmasi Tayyorladi: Karimova N.N Angren 2023 yil Mavzu:“Buvijonim o`gitlari” Sana:__________ Maqsad: Tarbiyalanuvchilarga “Qarisi bor uyning parisi bor,” hikmati mazmuni haqida bilim, ko’nikma hosil qilish. “Qarisi bor uyning parisi bor,” – deydi dono xalqimiz. Kutilayotgan natija: Tarbiyalanuvchilarning kitobga bo`lgan muhabbatini oshirish, hayotga kerakli saboqlarni bilib olishadi. Kerakli resurslar: Turli xildagi rasmli kitoblar, somsa uchun masalliqlar. (Musiqa sadosi ostida buvi zalga kiradi va nabiralarini chaqiradi). Buvi: Salima, Karima, Nozima qayerda sizlar? (Qizlar musiqa sadosi ostida zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi). Qizlar: Buvijon maylimi dugonalarimizni ham chaqirsak? Buvi: Mayli, bolajonlarim. (Musiqa sadosi ostida qizlar zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi). Buvi: Vaalaykum assalom, qani kelinglar. O`tirib olinglarchi. Sizlar odobli qizlar ekansizlar. Salomlashish odobning bir turi ekanligini bilasizmi? Qizlar: Bizga buni tarbiyachimiz “Zumradoylar davrasi” to`garagida o`rgatganlar. Buvi: Shunaqami? Qani unda bilganlaringizni hozir bir namoyish etinglarchi. (Salomlashish odobi). Axloq to`ri, minbari, Shirin so`zdir, kalomdir. Shu so`zning dur, gavhari, Bilsangiz, bu salomdir. Keksalar uchragan on, Darrov qiling tabassum, Va ayting-ki, qizlarjon, “Assalomu alaykum”. 1-qizcha: Salom so`zi ma’nosi, Tinchlik tilash, degani. Chekinsin dil g`avg`osi, Sog`lik tilash, degani. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling