Aka – uka, singil kim?
Ularmi? Ular qondosh.
Hamjihatlik hamisha,
Qondoshlarga chin yo`ldosh.
Baxtning asosi nima?
U, o`zaro ahillik.
Esli qiz ukasiga,
Qilmas sira baxillik.
Mahalla qanaqa joy?
U misoli chamandir.
Oila va mahalla.
Vatan ichra vatandir.
Vatan-chi, Vatan nima?
Kindik qon to`kilgan joy.
Bevatanlar xarobdir,
Vatani bor kishi boy.
Buvi: Rahmat sizga qizginam,
Ulg`ayib bo`ling dono.
Javobingiz xo`p a’lo.
Sizga katta “besh” baho.
Buvi: Qimmat, qizim senga ham besh baho. Bundan keyin faqat yaxshi qiz bo`lishga va’da berasanmi?
Qimmat: Endi men doimo aqlli qiz bo`lishga va’da beraman. Raxmat sizga buvijon. Men hovlini supurib chiqsam maylimi.
Qizlar: Biz yordam beramiz.
(Musiqa yangrab qizlar hovlini tartibga keltirishadi. So`riga ko`rpachalar to`shaydilar va birgalikda dasturxon atrofiga yig`ilishadi).
Qizlar: (Kirishadi) Mana biz somsalarni pishirib keldik.
Buvi: Qaranglar qizlarim, toza, ozoda hovlida birgalikda o`tirish qanday yaxshi. Hammangizning onangizga raxmat. Bugun men sizlarga qiz bolalar uchun kerakli bo`lgan mana bu kitoblarni taqdim etaman. Hozircha opalaringiz yoki onajonlaringiz sizga o`qib berishadi. Katta bo`lib maktabga borib o`qishni o`rganganingizdan so`ng o`zingiz bemalol o`qib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |