Tasdiqlayman” 28-dmtt direktori D. M. Xatamova Sana


-qizcha: “Assalomu alaykum” – Qalbga yaqin bu kalom. Esli hushli bolajon, Ko`rinamiz biz shu on. 3-qizcha


Download 1.04 Mb.
bet2/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1437280
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buvijonim o`gitlari (2)

2-qizcha: “Assalomu alaykum” –
Qalbga yaqin bu kalom.
Esli hushli bolajon,
Ko`rinamiz biz shu on.
3-qizcha: Alik olib keksalar,
Boshingizni silaydi,
Shunda sizga ham ular,
Sog`-omonlik tilaydi.
Buvi: Barakalla, qizlarim! Salomlashishning ham qoidalari bor. Xonaga kirgan kishi birinchi bo`lib o`tirganlarga - Assalomu alaykum! – deb salom beradi. Alik oluvchi “Vaalaykum assalom” deb javob qaytaradi. Katta kishilarga yoshlar birinchi bo`lib hurmat bilan salom beradilar. Shunda sizni yaxshi qiz ekan deyishadi. Qizlarim, siz nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilasizmi?
4-qizcha: (Nima yaxshi yo yomon)
Bilaylik bizlar uchun,
Nima yaxshi yo yomon.
Diqqat bilan so`zimni,
Tinglang aziz, o`rtoqjon.
Intizomli bo`lsak biz,
Kattalar bo`lishar shod.
To`polon qilsak ular.
Xunob bo`lib, derlar “dod”.
5-qizcha: Yaxshidir tongda turib,
Yuz – qo`lni toza yuvish.
Yomon odat erinib,
Yuvilmasa agar tish.
Kattalar gaplashganda,
Jim turish ham odobdan.
Yomondir saqlanmaslik,
Issiq kunda oftobdan.
6-qizcha: Yurish kerak ozoda,
Ko`cha kuyda, uyda ham.
Kir yursak, “Bu bolaning, -
Derlar, - esi juda kam”.
Yolg`on so`zlash yomon ish,
Qilmaylik hech to`polon.
Mehr bersak kitobga,
Aqlimiz o`sar chunon.
Buvi: Sizlar avvalambor qiz bola ekanligingizni unutmasligingiz kerak. Qiz bolalarning ham, o`gil bolalarnng ham o`zlariga xos fazilatlari bor.
(Musuqa sadosi ostida xonaga Qimmat kirib keladi)
Qimmat: Voy bu qizlarni, anchadan beri eshik orqasida poylab turibman juda o`zlaringizni maqtab yubormadingizlarmi? Men ham bilaman sizlar bilgan narsalarni.
Buvi: Biladiganga o`xshamaysan. Seni isming Qimmat bo`lsa kerak. Turishingdan ertakdagi Qimmatning o`zisan. Yana, salom bermading.
Qimmat: Nimaga endi men sizlarga salom berishim kerak ekan?

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling