Buvi: Meni gaplarimga quloq sol qizim. (Qiz bolaga xos fazilat)
Quloq tuting menga bir zum,
So`zim bo`lmang atayin
Tinglang meni, qizlarjon,
Sizga bir gap aytayin.
Shirin so`z muloyimlik,
Eng yoqimli fazilat.
O`zin sipo tutishlik,
Qizbolaga xos xislat.
Salima: Tovushni baland qo`yib,
Gapirish odobdanmas.
Tirnog`imiz bo`lsa kir,
Hech kim qilmaydi havas.
Karima: Tish yuvaylik har kuni,
Turadi u yaltirab.
Sochlarimizni yuvib,
Yuraylik o`rib, tarab.
Nozima: Dugonajon, bo`laylik,
Saranjom-u, sarishta.
Bizlar o`rnak bo`laylik,
Boshqalarga har ishda.
Buvi: Qattiq kulmas qiz bola,
Kattalar qilar uyat.
Odobli bo`lsangiz gar,
Maqtashar sizni har vaqt.
Ota-ona hurmatin,
Qo`yinglar joy-joyiga.
Ular kirsa eshikdan,
Gul to`shanglar poyiga.
Supurib hovlingizni,
Idishlarni yuvinglar.
Changlarni artib qo`yib,
Ozoda qiz bo`linglar.
Shunda ota-onangiz,
Sizdan xursand bo`ladi.
“Asal qizim”, deb suyib,
Sizni duo qiladi.
Qizlar: Bizlar albatta sizning aytganlaringizni bajaramiz.
Qizcha: Biz Qimmatga o`xshab somsa tugib bilmayman, deb o`tirmaymiz.
Buvi: Qani kelinglarchi, mana bu yerda somsaga xamir tayyorlab qo`yganman. Hozir hammangizning chaqqonligingizni bir sinab ko`ramiz.
“ Somsa tugish” Qimmat bilan bellashuv o`tkaziladi. Qimmatning ishi ham hammaga manzur bo`ladi. Ikki qiz somsalarni pishirish uchun olib ketishadi.
Buvi: Barakalla qaqajonlarim, hammangiz juda chaqqon ekansizlar. Ayniqsa Qimmat ancha uquvli qiz bo`lib qolibdi. Siz odob haqida ancha narsalarni bilar ekansizlar. Aytinglarchi odobning qanday turlarini bilasiz?
Salomlashish odobi
Dasturxon odobi
O`rtoq bo`lish odobi
Kiyinish odobi
Ko`chada yurish odobi
Qo`shnichilik odobi
Do'stlaringiz bilan baham: |