Keksalar haftaligi


Download 11.63 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi11.63 Kb.
#1391850
Bog'liq
Keksalar haftaligi ma\'lumotnomasi


Baxmal tumani XTBga qarashli 56--umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Keksalar haftaligi” munosabati bilan 06.10.2021 yil kuni o‘tkazilgan tadbirlar haqida
MA`LUMOT. Maktabimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 16-sentabrdagi “Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi 158-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan “2021-yil 4-10- oktabr kunlari “Keksalarni e‘zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish –xalqimizga xos ezgu-fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligini” o‘tkazish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” da belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida ishchi guruh tashkillandi, chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bugun 06.10.2021 yil kuni maktabimizni 5-“A” sinf o‘quvchilari sinf rahbari X.Qilichev rahbarligida uzoq yillar rus tili fanidan ta`lim-tarbiya berib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan Yarloqobov Narimon honadonidan, Allamurodova Sadoqat rahbarligidagi 1”A” sinf o`quvchilari boshlang`ich sinf oqituvchisi hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan Ortig‘oy Qilicheva ustozlarni xonadoniga borib, xolidan xabar olishdi. Maktabning 5-8-sinf o’quvchilari o’rtasida “Men buvim va bobom bilan faxrlanaman” selfi-rasm tanlovi o’tkazildi.Tanlovda Baxrinova Risolat, Tojiboyev Begzod, Toshtemirov Shoxjaxonr tomonidan tayyorlangan videorolik g`olib deb topilib ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi. Maktabning 9-10-11-sinflari o’rtasida Nabiralar inshosi “Bobomning aytishicha...” mavzusida insholar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 1-o’rinni 9- sinf o’quvchisi Ravshanov O‘tkir 2-o’rinni Ergasheva Gulasal , 3-o’rinni esa 11-sinf o’quvchisi Abilova Zarifalar egallashdi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanayotgan o’quvchilar bobo va buvilarini ko’nglini olib zavqqa to’lgan bo’lsalar, keksalarini doimo e’zozda tutadigan yurt farzandi ekanliklaridan faxrlandilar. Ular kelajakda yurtga kerakli va foydasi tegadigan farzand bo’lishga va’da berib,buvijonlaridan duo oldilar. MMIBDO‘: O‘.Abduraxmonov






Download 11.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling