Bobomning pensiyasi


Download 33.04 Kb.
bet5/8
Sana02.04.2023
Hajmi33.04 Kb.
#1319642
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10. Bobomning pensiyasi OʻK

Uyga vazifa.


Yozma nutq. Infografika yaratish.

Taxminan oilaviy byudjetingiz bilan bogʻliq boʻlgan infografika yaratishga harakat qiling. U asosiy 3 qismdan iborat boʻlishi lozim.


Mazkur topshiriq oʻquvchilarning matnni infografikaga aylantirish, infografika orqali axborot yetkazish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar oʻzlari yozgan matnlarini qayta tahrirlab, oila aʼzolaridan soʻrab, toʻldirishlari mumkin. Soʻngra quyida berilgan infografik maʼlumotdan foydalangan
holda oʻz matnlarini infografika koʻrinishida ifodalab berishlari lozim.

Kirish.


  1. soat Dars jarayoni

    1. Maosh nima? Uni kimlar oladi?

    2. Eng koʻp maosh toʻlanadigan kasblarni bilasizmi? Ayting.

Bu savol oʻquvchilarni mavzuga olib kirish, ularning ongida “maosh” birligining maʼnosi, ushbu birlikka oid tushuncha hosil qilishga qaratilgan. Oʻquvchilarning savollarga munosabatlari erkin soʻraladi. Ularning fikri tinglangach, ushbu birlik va uning ijtimoiy ahamiyati haqida maʼlumot berilishi lozim.
Maosh – xizmat, ish uchun muassasa tomonidan belgilanadigan, beriladigan pul; ish haqi, oylik.

Oʻqib tushunish.


Matnni oʻqing va savollarga javob bering.
Matn: Keksalarning maoshi. Manba: “Jajji akademik” jurnalidan
Oʻquvchilar matn bilan tanishganlaridan soʻng, matn ostidagi savollar bilan suhbat boshlanadi:
  1. Yodgorning ushbu matn mazmunini yuzaga chiqarishdagi oʻrni va ahamiyatini tushuntiring. Muallif nima uchun ushbu qahramondan foydalangan?


Bu savol matndan obrazlarni aniqlash, ular nutqi orqali matn mazmunidagi oʻrnini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar fikrlarini erkin bildirishlari mumkin. Asosiy eʼtibor fikrlarini matn orqali asoslab berishlariga qaratiladi.

Download 33.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling