1 Ta’lim to’g’risidagi qonun Senat tomonidan qachon ma'qullangan?


Download 30.73 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi30.73 Kb.
#1729159
Bog'liq
Ta’lim to’g’risidagi Qonun mavzusida test savollari Koshkarova U


Ta’lim to’g’risidagi Qonun mavzusida test savollari.
1) Ta’lim to’g’risidagi qonun Senat tomonidan qachon ma'qullangan?

  1. 2020-yil 7-avgustda

  2. 2020-yil 19-mayda

  3. 2020-yil 19-avgustda

  4. 2020-yil 7-mayda

2) Davlat ta’lim talablari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
A) Davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui
B) Ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar
C) Aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon
D) Ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon
3) Ta’lim tizimini boshqarish Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qaysi bobda berilgan?
A) IV – bob
B) V – bob
C) III – bob
D) to’g’ri javob yo’q
4) Ta’lim oluvchilarning huquqlari Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qaysi moddasida ko’rsatilgan?
A) 43- modda
B) 46- modda
C) 49- modda
D) 47- modda
5) Davlat akkreditatsiyasi bu…
A) davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon
B) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa
C) davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui
D) shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi
6) Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qaysi bobda berilgan?
A) IV – bob
B) VI – bob
C) V – bob
D) X-bob
7) Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qaysi bobida nizolarni hal etish moddasi berilgan?
A) X – bob
B) VI – bob
C) IX – bob
D) XI – bob
8) davlat ta’lim standartlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang
A) Ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar
B) Davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui
C) Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs
D) Malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi
9) Ta’lim turlari to’g’ri va to’liq berilgan qatorni belgilang
A) Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
B) Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
C) Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
D) Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
10) Ta’lim to’g’risidagi Qonuninig qaysi moddasida ta’lim olish shakllari berilgan?
A) 13 – modda
B) 14 – modda
C) 15 – modda
D) 16 - modda

Ta’lim to’g’risidagi Qonun mavzusidagi test javoblari.




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

B

C

D

A

C

D

B

C

C

Download 30.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling