Qibray tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 17- umuta‘lim maktabi
Download 16.74 Kb.
|
DV ramzlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT BAYROG‘I
QIBRAY TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMIGA QARASHLI 17- UMUTA‘LIM MAKTABI O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Maktab rahbari: Risqiddinova R MMIBDO‘:Xolova F Tuzuvchi: Xamdamov Abdullajon O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI "O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega." (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-modda) DAVLAT BAYROG‘I Bayroq - bir mamlakatni yoki tashkilotni namoyish qiluvchi rangli mato parchasidir. Asosan uzun choʻpning uchida boʻladi. Har bir mamlakatning mustaqilligini bildirgan bayrogʻi bor. Daniya bayrogʻi hozirgi davlatlar bayroqlari ichida eng qadimgisidir Bayroq — 1) tayoq, sim va boshqa narsaga mahkamlangan muayyan rang va oʻlchamdagi mato. Oʻrta asrlarda turkiy xalqlar orasida u tugʻa deb atalgan . Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona oʻz Bayrogʻiga ega boʻlgan; 2) davlatning rasmiy ramzi (qarang Davlat bayrogʻi). Bayroq soʻzi «botroq» soʻzidan kelib chiqgan boʻlib, botirmoq maʼnosida keladi. Qadimgi turklar tuproqga botirilgan tirgovichlarni uchiga qabilalarini ramzi sifatida matolar yoki iplar osar edilar. Vaqt oʻtishi bilan bu «Tuproqga botirilgan yogʻoch» «toʻlqinlangan davlat ramzi»ga aylanadi. Avval bayroqlar faqatgina habarlashish, signal berish kabi maqsadlarda ishlatilgan. Mamlakatlar oʻz bayroqlariga ega boʻlishlari esa, Oʻrta asrlarda urushlarda ikki taraf bir-biridan farqlanmoq uchun bayroq ishlatilgan. Shunday qilib har bir mamlakatning oʻz bayrogʻi paydo boʻla boshlagan. Xristofor Kolumb davrida har bir kema qaysi mamlakatga mansub ekanligini bildirish uchun oʻzlari bilan bayroq olib yurishlari majburiy edi. Buning natijasida hozirgi kunimizdagi bayroq sistemasi yaralgan. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida" Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va o‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga tengerb Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi. Download 16.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling