Qibray tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 17- umuta‘lim maktabi


Download 16.74 Kb.
bet3/3
Sana09.02.2023
Hajmi16.74 Kb.
#1179567
1   2   3
Bog'liq
DV ramzlari

DAVLAT MADHIYASI
Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat boʻlishi mumkin.
Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi hukmdor va boshqalarga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Hisrav Dehlaviy, Jomiy. Madhiya harakteridagi asar turli janrlarda, gʻazal yozilishi mumkin.Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham madhiya hisoblanadi.
Gimn (yunoncha- hymnos) — tantanavor qoʻshiq, sheʼr. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar shaʼniga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bagʻishlangan gimnlar paydo boʻlgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Madhiya matni
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Mutal Burxonov musiqasi


Abdulla Oripov she'ri
Download 16.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling