Taqdimot Bajardi: salomov sanjar
Download 489.28 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim taqdimot-Salomov S (11-17 guruh)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik - O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy tamoyili.
- Shavkat Mirziyoyev
- 2. Milliy mafkura haqida
taqdimotBajardi: salomov sanjarGuruh: 11-17Qabul qildi: elmurotov jMavzu:o’zbekistonda demokratik jarayonlar va milliy mafkurareja:
1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik - O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy tamoyili.Xalqimiz, shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi.Shavkat MirziyoyevInsonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma erda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma erda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Shu jihatdan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddimasida O’zbekiston xalqi: • inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib, • hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma'suliyatini anglagan holda, • o’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, • demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, • xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, • respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, • insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, • fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida, • o’zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi deyilgan. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»( O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2003. 11-b.). Demak, demokratik davlatda xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai bo’lib, umuminsoniy tamoyillarni amalga oshirish orqali inson va jamiyatning farovonligini, barcha xalqning turmush darajasini oshirib borishga erishadi. Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy qadriyatlardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o’rtasidagi bir-biriga yaqinlik, o’zaro hurmatning ifodasi bo’lib, keng foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatdir. 2. Milliy mafkura haqida“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman’’Shavkat MirziyoyevMilliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki "milliy" sifati "millat" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan "jamiyat" yoki "davlat" maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha millat vakillariga tegishlidir. Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan gʻoyalar tashkil etadi. Milliy mafkura oʻzligimizni, muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, xa-lqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, OʻzR Konstitu-siyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 12moddasida "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas", deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir (yana. q. Istiqlol mafkurasi). THE END Download 489.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling