O’zbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish strukturasi


Download 287.43 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi287.43 Kb.
#1162601
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish strukturasi

O’zbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish strukturasi

37-guruh talabasi

Murotqulov Muhammad

REJA:

1. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari;

2. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari;

3. YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash;

Yalpi ichki mahsulot – mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat.7 YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa, o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi

YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:


1.
2.
3.
ishlab chiqarish usuli;
daromadlar usuli;
xarajatlar usuli;
  • Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi.

YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash

  • Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi.
  • YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
  • YaIM = C + I + G + Xn

YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash.

YaIMni daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan, to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi.

YaIMni daromadlar ko‘rinishida yalpi qo‘shilgan qiymatni ko‘rsatilgan uch guruhga bo‘lib topish mumkin:

YaIM = Tn + W+R

W-yollanma ishchilarning ish haqlari ;

Tn- sof bilvostia soliqlar;

R- korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi.

Shuningdek, YaIMni daromadlar ko‘rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo‘lish ko‘zda tutiladi:

  • -amortizatsiya (A);
  • - bilvostia soliqlar (T);
  • -yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
  • - ijara haqi to‘lovi va renta ko‘rinishidagi daromadlar(R1);
  • - kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
  • -mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (P1);
  • -korporatsiya foydasi (P2). Korporatsiyalar foydasi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: a) korporatsiyasi foydasidan to‘lanadigan soliqlar (P2.1); b) hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar (P2.2); v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi (P2.3).
  • YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Yakubоv I.О., Hakimov H.A. Makroiqtisodiyot-2. O‘quv qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2019.
  • https://mineconomy.uz/uz/info/1223
  • https://www.coursehero.com/file/p4agmeld/Bu-korsatkichlar-iqtisodiyotning-barcha-subektlari-faoliyatlari-natijasi/

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 287.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling