1975 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti


Download 17.37 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi17.37 Kb.
#1484053
Bog'liq
6-mavzu Ilm maskani hayotidan


Mavzu: Ilm maskanimiz hayotidan
Reja:
1.QarMII faoliyati haqida
2.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 fevraldagi qarori bilan 1975 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 1995 yil 3 iyun qarori bilan Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi filiali bazalarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.Ayni paytda institutda 7 ta fakultet va 5 ta fa’kultetlararo umumta’lim kafedralar, Iqtisodiyot, Muhandislik texnologiyasi, Geologiya va konchilik ishi, Neft va gaz, Energetika, Muhandislik texnikasi, 31 ta kafedra, «Axborot texnologiyalari» markazi, «Iqtidorli talabalar» markazi tashkil etilgan. 29 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 16386 nafar bakalavrlar, 17 ta mutaxassisliklar bo`yicha 264 dan ortiq magistrlar, 1163 nafar sirtqi ta’lim yo’nalishlarida tahsil olmoqda. Yoshlarga 571 dan ortiq professor-o`qituvchilar ta`lim-tarbiya berishmoqda. Ularni 18 nafari fan doktori, professorlar, 157 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
4. Quyidagi nazariy ma‘lumotni o’rganing.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi.
Ilmiy tadqiqotlarning natijalarini o’zida aks ettiruvchi original asarlar hisoblangan ilmiy maqola va monografiyalar sof ilmiy uslubga tegishli bo’ladi. Bu ilmiy uslubning birinchi janrlari sirasiga kiradi, chunki ular soha mutaxassislari tomonidan faqat mutaxassislar uchun yoziladi.
Monografiya –faqat bir muammo, bir masalani o’rganishga bag’ishlangan ilmiy ish, ilmiy kitob.
Ilmiy maqola – muallif o’z shaxsiy izlanishlari natijalarini bayon qilgan kichik hajimdagi yozma ish, insho.
Janrlarning bu guruhiga ma’ruza (doklad), dissertatsiya ishi, shuningdek, ilmiy uslubning boshqa tur ko’rinishi – o’quv-ilmiy janriga tegishli bo’lgan kurs ishi, diploma ishi ham kiradi. Ko’rsatilgan janrlarning matni boshqa har qanday ilmiy matnlarga xos bo’gan – aniqlik, mantiqiylik, abstraktlik umumlashganlik, qat’iy kompozitsiyon tuzilish kabi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim.
Bu janr matnlarida mazmun tuzilishi komponentlari ajratiladi: mavzu (sarlavha), kirish, asosiy qism, yakuniy qism (xulosa).


5. Quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Qanday nutq uslubiga xos ekanligini aniqlang.
Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko'ra ma’lum kelishik qo 'shimchalari yoki ко ‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
(G‘. Abdurahmonov)
2-topshiriq. Matnni ko'chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt; barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.
Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (11) oksidi shular jumlasidandir.
(“Kimyo» darsligidan)


3-topshiriq. Matnni o'qing, mazmunini so'zlab bering. Uning qaysi nutq uslubiga mansubligini va o'ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan.
Tovush to'lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog'liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33 m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida isbotlangan.
(«Tilshunoslik va tabiiy fanlar»)
4-topshiriq.
1. “Zamondoshlarimizning kashfiyotlari" mavzusida taqdimot tayyorlang.
2. Kasb sohasidagi innovatsiyalar haqida ma’lumot tayyorlang.
3. O’zingiz o’qiyotgan sohada qo’llaniladigan baynalmilal so’zlar lug’atini tuzing.
Download 17.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling