Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


Download 37.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi37.82 Kb.
#1581303
Bog'liq
Alisher


Reja:

  1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.

  2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.

  3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari.


Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ularda sodir bo‘ladigan munosabatlami umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko‘rib chiqqan edik. Mazkur bobda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tavsifi, milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.
Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari Barchamizga ma'lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyo’li so- biq ittifoq iqtisodiyo’lining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mine- ral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vosi- talari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodi yo’lga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyo’lga ega bo‘lgan» mamlakat edi. Lekin, eng yomoni O‘zbekiston iqtisodiyo’li, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiyo’lga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohi- yatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlari- ning vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modemizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodi- yotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyo’lining qator infra’luzilmalari: savdo, bozor, biija, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shxmday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayo’lgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi. Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlaming butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi. Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infra’luzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimo’li rivojining natijasi hisoblanadi. Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi:
- mavjud ishlab chiqarish resurslari;
- resurslaming ijtimoiy mehnat taqsimo’li asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;
- iqtisodiy subyektlaming ishlab chiqarish hajmlari;
- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.
Milliy iqtisodiyot irte'yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘ liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon'yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimo’lidagi ishtiroki, ishlab chiqaravchi kuchlaming rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyo’lining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlaming. yer maydonlari va inffa’luzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati. Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta
murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ro‘y berib turadi. Jumladan, 2008-yilda AQSHda boshlangan va hamon davom etib turgan jahon- moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyo’limizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlar orqali namoyon bo‘lmoqda: Birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, nefl mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi; Ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi oqibatida mahsulot so’lish hajmining qisqarishi; Uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi. Milliy iqtisodiyo’limizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu holatlami o‘z vaqtida aniqlab, ulaming oldini olish va ta'sir oqibatlarini yumsha- tish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga iqtisodiyo’limizning yuqori o‘sish sur’atlari saqlab qolindi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ulaming o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik tizimidir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq, boj- xona tizimlarini o‘z ichiga oladi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyo’lini ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda ko‘proq milliy iqtisodi- yot haqida so‘z yuritib, jahon xo‘jaligi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqti- sodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi - takror ishlab chiqarish jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming holati va harakatini obyektiv aks ettimvchi statistik ma’lumotlaming mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyo’lini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlaming obyektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyo’liga aralashuv salbiy holatlami keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlaming iqtisodiyotini obyektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyo’lida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunish.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kimvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyot- ning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillami aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi ichki mahsulot (YalM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy ji- hatdan o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan ta- komillashib borar ekan, bu ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlah chiqarish deyiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan na’lural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun xos bo‘lgan. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayo’lgan mamlakatlar iqtisodiyo’liga xosdir. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natij asida mamlakat miqyosida mil- liy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyo’lida Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo‘llayotgan mil- liy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyo’lida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivoj- lanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YalM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida Yaratilgan tovar va xizmat- lar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YalM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari mahsulo’li kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
Demak, rasmdan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 100 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YalM esa 104 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi. YaMM va YalM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YalMning ±1 foizni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YalMdan foy- dalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponi- yada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YalM ko‘rsatkichini qoTlay boshladilar. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki piahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib, taraqqi- yotning o‘zbek modelida belgilangan strategik tamoyillami izchil amalga oshirish natijasida makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayo’lganiga qaramasdan, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda. Keyingi 12-yil davomida (2004-2015-yillar) bu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati o‘rtacha yiliga 8 foizdan oshiq- roqni tashkil etdi. 2016-yilda esa yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 6,8 foiz, qurilishmontaj ishlari hajmi salkam 12,5 foizga oshdi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish- ning harakatlar strategiyasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish” vazifasi belgilandi. Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000- yildagi 14,2 foiz o‘miga 2016-yilda 25,7 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘miga 49,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa aksincha - bu ko‘rsatkich pasayib, 30,1 foizdan 17,6 foizga tushdi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YalM hajmini topishda so’lilgan va qayta so’lilgan mahsulotlami ko‘p marta hisobga olishlami bar- taraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha korxona va tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsulo’li bozor qiy- matidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir. YalM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlaming bozor narxidagi summasi boiganligi uchun tovaming o‘zi yoki uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulo’lga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narx- larda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YalM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi. Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining ba- zis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash opqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu ay- tilganlami formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi: Joriy yild'\qi iste'mol tovarlari narxi Bazis yildagi iste'mol tovarlari narxi Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to‘plami yolci iste’mol savatining ftarx indeksidan foydalaniladi. G’arb mamlakat- lari va xususan AQSHda bu indekslar ichida eng keng qoTlaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi so’lib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YalM narx > indeksidan foydalaniladi. YalM narx indeksi ancha keng tushun- cha boMib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan so’lib olinadigan hamda xalqaro bozorda so’lilgan va so’lib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YalM narx indeksi nominal YalMni real YalMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YalM shu mahsulot ishlab chiqaril- gan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi. Reali YAIM = Nominal YAIM A7 Joriy yildagi nominal YalMni real YalMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YalMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni: Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YalM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi. YaMM va YalM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi si- fatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqa- rish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘mini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. Mamlakat iqtisodiyo’lining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekaniigini aniq bilish uchun avnan shu yilda jonli mehnat- ning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YalMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi: YAIM - Amortizatsiya yillik summasi = SMM. SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘matiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yo‘qo’ladi. Hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:
SMM - Biznesga egri soliq = Milliy daromad.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan Milliy Daromad miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ulaming miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning so’lilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad - bu yangidan Yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad - bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo‘qo’lishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlash- dagi yo‘qo’lishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy daromadni barcha tupdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlar- dan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, kopxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daro- madning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi. Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlaming yuqorida- gi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlami unga qo'shishimiz zarur:
Milliy daromad, - Ijtimoiy sug'urta ajratmasi - Korxona foydasiga soliqlar - Korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi + Ijtimoiy to'lovlar - SHaxsiy daromad. Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shaklla- nadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlaming bir qismini iste'mol uchun sarflaydilar va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradilar. Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan ha- rakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluv- chi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot - rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklaming talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqti- sodiy faoliyat - narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolaming shaxsiy mulkiga qarshl ummnjinoiy harakatlar - bosqinchilik, shax- siy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
2) soxta iqtisodiyot - hisobga olish va hisobotlaming amaldagi tizimiga soxta natijalami haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqti- sodiyot (qo‘shib yozishlar); 3) norasmiy iqtisodiyot - tovar va xizmatlaming ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy muno- sabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot - yakka tartibdagi va koope- rativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Yalpi ichki mahsulot (YalM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimi- dan foydalaniladi. Miiiiy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jara- yonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy . ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi. MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yor- damchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953-yildan) buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qollanilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni 1993-yildan boshlab MHTdan foydalana boshladi. Q. Mambetjanovning fikricha, hozirgi kungacha milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi bosqich XVII asming ikkinchi yarmidan 1930-yilga- cha bo’lgan davmi o‘z ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va daromad ko‘rsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida shakllanmadi. Ikkinchi bosqich o‘tgan asming 30-yillaridan boshlandi va unda keynschilik taTimo’li muhim o‘rin tutdi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashtirish, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalaming harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy hisoblar tizimining ayrim ko'rsatkichlariga aniqliklar kiritishga qaratildi. Uchinchi bosqich (1953-yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davmi o‘z ichiga olib, davlatlar vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yon- dashildi. Ushbu bosqichda BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi. To‘rtinchi bosqichda (1968-yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha takomillashtirildi, olingan ma’lumotlami taqqoslash imkoni tug‘ildi va MHTning boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi. Beshinchi bosqich. 1993-yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli ular- ning xalqaro qiyosiy taqqoslash imkoniyati buzildi, jahon bo‘yicha ko‘rsatkichlami umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyo’lini tahlil qilish qiyinlashdi.

Xulosa: Ushbu mavzu yuzasidan mustaqil ta'limni o'rganish jarayonida ko'plab yangi va foydali ma'lumotlarni o'rgandim.


Foydalanilgan Adabiyotlar:

  1. Karimov I. A., Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli

  2. Makkonnel K.R., Bryu S . L ., Ekonomiks: Prinsiplar,muammolar va politika. 

  3. Tux liyev N.T., Taksanov A., Natsionalnaya ekonomicheskaya model Oʻzbekistana

Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling