Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to’g’rash usullari


Download 340.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.09.2023
Hajmi340.62 Kb.
#1677933
Bog'liq
2. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to\'g\'rash usullari



Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to’g’rash 
usullari. 
Sabzavotlar inson organizmi uchun zarur oziqa hisoblanadi. Ular tarkibida 
kerakli barcha mineral moddalar mujassam. Sabzavotlarning xushbo„y hidi, shakli, 
rangi taomni yanada lazzatli qiladi hamda ishtahani ochadi. Sabzavotlar tibbiy va 
tabiiy davolash xususiyatlariga ham ega. Turli salat va taomlarga aksariyat hollarda 
ko„katlar qo„shiladi. Ko„katlar qo„shilgan taom va salatlar mineral modda va 
vitaminlarga boy bo„ladi. Sabzavotlar yetishtirilishiga qarab piyozli, mevali, 
ildizmevali, tuganak mevali, bargli, gulli va boshqa guruhlarga bo„linadi. Piyozli 
sabzavotlarning piyozboshi va barglari ovqatga ishlatiladi. Sabzavotlarga pomidor, 
bodring, qovoq, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Kartoshka tuganak mevali, 
sholg„om, lavlagi, sabzi, petrushka, rediskalar ildiz mevali sanaladi. Barglilarga 
esa karam, salat bargi, ismaloq, jag„jag„ kabilar kiradi. Sabzavotlarni qorong„i, 
salqin, mo„tadil havoda saqlash tavsiya etiladi. Ularga taom yoki salat 
tayyorlashdan avval birlamchi ishlov beriladi. 
Saralash→ yuvish→ archish→ qayta yuvish→ to‘g‘rash
 
 
 
 
 
 


Sаbzаvоtlаrni to‘g‘rаsh usullаri 
Yarim оy 
Оddiy usul 
Мurаkkаb usul 
Pаrrаk 
Nоksimоn 
Uzunchоq 
to„rtburchаk 
Hаlqа 
Yulduzchа 
Кubik 
Yarim hаlqа 
Spirаlsimоn 
Sоmоnchа 
Pallacha 
Shаrchа 
 
 
 
 
 
 
 


 
Salat tayyorlash 
Salatlar sabzavotlardan tayyorlangan yaxna taomlar bo„lib, ovqatga qo„shib 
iste‟mol qilinadi. Salatlar yurtimizda azaldan asosan turp, bodring, pomidor, piyoz, 
oshko„klardan tayyorlangan. XIX asrning o„rtalariga kelib, rus pazandachiligi 
ta‟sirida rediska, bulg„or qalampiri, sabzi, karamlardan ham salatlar tayyorlangan. 
Hozirda jahon pazandachiligi tajribasiga tayanib, salatlarning turi ko„payib ketgan. 
Sabzavotli salatlar uglevodlarga boy bo„lib, go„sht, baliq, tuxum mahsulotlarini 
qo„shish orqali oziqaviy qiymati oshadi. Salatlar ishtahaochar bo„lgani sabab, taom 
tortishdan oldin beriladi. Salat uchun maxsus tarelka, sanchqi, qoshiq qo„yiladi. 
Q i z i q a r l i m a ’ l u m o t 
Pomidor so„zi italyan tilidan tarjima qilinganda “oltin olma” degan ma‟noni 
bildiradi. XVI asrning yarmida pomidor dekorativ o„simlik sifatida parvarish 
qilingan. 1692-yili Yevropada ilk marotaba taom sifatida iste‟mol qilingan. 
Pomidor juda foydali poliz ekini bo„lib, unda B vitamini, kaliy, kalsiy, fosfor, 
magniy, temir, yod moddalari mavjud. Pomidor xolesterin miqdorini kamaytirib, 
gemoglobin va immunitetni ko„tarishga xizmat qiladi. Dunyoda pomidorlarning 10 
000 dan ortiq turlari mavjud. Ularning nafaqat qizil, siyohrang va sariq, balki qora 
rangdagi turi ham bor. Har yili dunyoda 60 million tonnadan ortiq pomidor 
yetishtiriladi. Pomidorning 95 foizini suv tashkil qiladi. 
z


Sabzavotlarni to‘g‘rash usullari 
To‘g‘rash shakli 
Sabzavotlar 
Pazandachilikda ishlatilishi 
Somoncha 
Sabzi 
Lavlagi 
Kartoshka 
Karam 
Palov va salatlar uchun
ko„p yog„da qovurish, kotlet va 
bifshteks garnirlari uchun, 
lag„mon, borsh uchun 
Uzunchoq to„rtburchak 
Kartoshka 
Ko„p yog„da qovurish, bifshteks 
garnirlari va sabzavotli 
sho„rvalar uchun 
Kubchalar 
Kartoshka 
Sabzi 
Mastava, moshxo„rda, lag„mon 
va boshqa suyuq taomlar hamda 
salatlar uchun 
Parraklash 
Kartoshka 
Sabzi 
Qovurish, sho„rvalar 
va garnirlar uchun 
Yaproqlash 
Sabzi 
Kartoshka 
Lavlagi 
Turli xil salatlar, 
taomlar garnirlari uchun 

Download 340.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling