Qibray tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 17- umuta‘lim maktabi
Download 16.74 Kb.
|
DV ramzlari
DAVLAT GERBI
Gerb (polyakcha — "herb", nem. "Erbe" — "meros" soʻzidan olingan) — bironbir mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy harakterdagi gʻoyalari majmuasini, oʻziga xos tabiiy va xoʻjalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urugʻ va b.ning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. gerblar quyidagi tur va toifalarga boʻlinadi: davlat gerblar; shahar, viloyat, gubernya va b.ning gerblar; korporatsiya (oʻrta ayerlardagi sex, gildiya va birodarlik)larning gerblar; urugʻlarning gerblari. Gerblar rangi, shakllari, rasmlari bilan oʻzaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. Gerblar antik davrlarda paydo boʻlgan. Shumer davlatining gerbida sher boshli burgut, Qad. Rim davlati gerbida burgut tasvirlangan. Amir Temir davlatining ham gerbi boʻlgan. Bu gerbda 3 halqa tasvir etilgan boʻlib, bu Amir Temurning 3 iqlimda, yaʼni Shim., Jan. va Gʻarbda hukmron ekaniga ishoradir. Oʻrta asrlarda koʻpgina shaharlar oʻz gerbiga ega boʻlgan. Venesiya gerbida qanotli sher tasvir etilgan. Gʻarbiy Yevropada gerblar urugʻ, merosxoʻrlik belgilari sifatida salb yurishlari davri (11-12-asrlar)da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qogʻoz pullar, muhrlar, qogʻozlarda gerblarning tasviri tushirila boshlandi. gerb va ularning tarixi bilan geraldika fani shugʻullanadi. Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida" gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan. Download 16.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling