Bobomning pensiyasi
Download 33.04 Kb.
|
10. Bobomning pensiyasi OʻK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologiya.
- Uyga vazifa.
Qoida. Leksikologiya.Oʻquvchilar qavm-qarindosh kimligi, unga oid til birliklari hamda imlosini amaliy topshiriq orqali oʻrganganlaridan soʻng, nazariy maʼlumot misollar bilan tushuntirib beriladi. Morfologiya.Berilgan matnni oʻqing va ajratib koʻrsatilgan qoʻshimchalarga diqqat qiling. Qaysi soʻz(lar)da -lar qoʻshimchasi hurmat maʼnosini, qaysi soʻz(lar)da koʻplikni ifodalayapti? Mazkur topshiriq oʻquvchilarga –lar qoʻshimchasining xususiyati haqida tushuncha hosil qilishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan gapni oʻqib, gap mazmunidan –lar qoʻshimchasining hurmat va koʻplik maʼnolarini farqlab aytishlari lozim. Demak, bobomlar, keldilar, deyishlari – hurmatni; qanotlar, qushlar – koʻplikni ifodalab kelgan. Morfologiya.Oila aʼzolaringiz, qarindoshlaringizdan kimlarning ismida -jon, -xon, -oy, -bek yoki shunga oʻxshash qoʻshimchalari bor? Ularning ismlarini yozing. Nima uchun ismlarga bunday qoʻshimchalar qoʻshilishini izohlang. Ushbu topshiriq otlarning lugʻaviy maʼnolarini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan qoʻshimchalarni qoʻshib soʻzlar yozib, ularga nima uchun shunday qoʻshimcha qoʻshilishining sababini keltirishlari lozim. Bu topshiriqni bajarishda oldingi mavzulardan oʻzlashtirgan bilimlari hamda hayotiy kuzatishlariga tayanadilar. Uyga vazifa.Yordamchi soʻzlar. Berilgan matnlarni oʻqing. Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni qachon va qanday holatlarda ishlatamiz? Soʻzlashuv nutqidan yoki sevimli asaringizdan shu kabi soʻzlarni topib, koʻchiring.Bu topshiriq matn tarkibida ajratib koʻrsatilgan birlikni mazmunini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan gaplarni oʻqib, ajratib koʻrsatilgan birliklarning maʼnosini izohlashlari lozim. Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilarga gap holatini ifodalab ohang bilan oʻqib berishi hamda ularning maʼnosini tushuntirishi lozim. Download 33.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling