Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti san’atshunoslik va Muzeyshunoslik fakulteti mpekt yònalishi


Download 0.84 Mb.
Sana07.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1440658
Bog'liq
2 5192986107951718773

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutI

San’atshunoslik va Muzeyshunoslik fakulteti

MPEKT yònalishi

082-20 guruh 3-bosqich talabasi Saidnazarova Mohiraning “o'zbegiston Me’morchlik tarixi”fanidan tayyorlagan

Taqdimoti

Sopolli madaniyati - Oʻzbekistonning jan. hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi jez davri qabilalarining ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy rivojlanish holati arxeologik manbalarda aks etgan moddiy madaniyat majmuasi (mil. av. 2ming yillik). Kelib chikishi jihatidan qad. Sharq tamadduni bilan boglik bu madaniyat yodgorliklari Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati, qoʻshni Tojikiston hududlaridan topib oʻrganilgan (Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa, Boʻston, Boʻyrachi, Nurek, Tandiryoʻl). Uning eng qad. va birinchi bor topib oʻrganilgan yodgorligi Sopollitepa boʻlib, ushbu arxeologik madaniyat ham shu yodgorlik nomi bilan ataladigan boʻldi.

Qalʼa atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol siniqlari qalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida Soppoli deb atalgan ushbu tepalikdada oʻtkazilgan arxeologik kazishmalar natijasiga koʻra, uning markaziy qismi (82×82 m.) O'lchamda qurilgan qalʼadan iborat. Qalʼaning tomonlari goʻyo 3 qator mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan.

Qalʼaning ichki mudofaa tizimida, yoʻlaksimon qopqonlar oraligʻida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan xonalar boʻlib, ularga qalʼa ichki tomonidan eshik ochilgan. Aynan ana shu xonalar tomon qalʼa ichiga joylashgan turar joy majmualari oralab tor koʻchalar oʻtgan. Qalʼa ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari boʻylab joylashgan. Ular ana shu koʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan.

Qalʼa darvozasidan boshlangan keng yoʻl va tor koʻchalar ana shu maydon bilan bogʻlangan. Bularning barchasi Sopollitepa jamoalarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab meʼmoriy inshoot oldindan oʻylangan aniq reja va gʻoya asosida qurilgan. Sopollitepa qalʼa qoʻrgʻonining meʼmoriy tarhi protoshahar tarkibini eslatadi, uni maxsus oʻylangan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling