6. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) sinonimlar
C) omonimlar D) antonimlar
7. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir nechta so‘z qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) omonimlar
C) sinonimlar D) antonimlar
8. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz so‘zining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z D) birgina so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
9. So‘zlarni qaysi jihatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonimlarga ajratamiz?
A) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishiga ko‘ra
B) tuzilishiga ko‘ra C) shakl va talaffuziga ko‘ra D) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
10. 1. Picha un topib kelsam, qozon ossak, nima bo‘lar ekan? 2. Bola rangi bo‘zarib ketsa ham, un chiqarmas edi. Ushbu gaplardagi un so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) ko‘p ma’noli B) omonim C) sinonim D) antonim
11. Qaysi qatorda paronim bor?
A) gado-gadoy B) asta-ohista C) battar-badtar
D) yuvindi-yuvundi
12. Berilgan sinonimlardan asosiy so‘zni aniqlang.
A) ilgari B) oldin C) avval D) burun
13. Omonim so‘zlar qaysi qatorda?
A) sovuq, bosh, oltin B) yordam, ko‘mak, madad C) yosh, zang, to‘p D) qiziqmoq, bog‘lamoq, ko‘karmoq
14. Sinonimlar qatorini toping.
A) yoz, o‘t, kech B) kumush, mayin, o‘tkir C) belgi, nishon, alomat D) tur, uch, xayr
Do'stlaringiz bilan baham: |