1-variant(3-ma’ruza) Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z?


Download 167.74 Kb.
bet11/128
Sana22.06.2023
Hajmi167.74 Kb.
#1645855
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
3-m

22. Ushbu so‘zlarning qaysi birida –ma qo‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin? 1) qotishma;
2) moslama; 3) qazilma; 4) burama.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 4
23. O‘zaro sinonim bo‘lmagan so‘zlardan hosil bo‘lgan juft so‘zni toping.
A) kuch-quvvat B) o‘y-xayol C) or-nomus D) ur-yiqit
24. Qaro ko‘zim, kel-u mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan so‘zining sinonimi berilgan qatorni belgilang.
A) ilm, bilim B) rasm, odat C) bog‘, chaman D) chidam, toqat
25. O‘rinsiz noo‘rin, g‘ayratli serg‘ayrat so‘zlaridagi qo‘shimchalarni qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar B) antonim qo‘shimchalar C) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar D) sinonim qo‘shimchalar.
26. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) darrov B) jadal C) tez D) berilgan so‘zlarning hech biri yaqin so‘zi bilan sinonim qator hosil qilmaydi.
27. Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi. Ushbu gapda qo‘llangan mas’ud so‘zining sinonimini toping?
A) qiyin B) mas’uliyatli C) saodatli D) sirli
28. Muayyan so‘z o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etgan har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladimi?
A) o‘zaro sinonim so‘zlargina boshqa sinonimlar bilan antonimlik hosil qiladi B) so‘zlarning o‘zaro antonimlik hosil qilishi ma’nodagi zidlik asosida bo‘lganligi uchun sinonimlikning ahamiyati yo‘q C) bir so‘z o‘zaro sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladi D) bir so‘z sinonim qatordagi faqat bitta so‘z bilan antonimlik hosil qiladi, qolganlari bilan hosil qilmaydi.

Download 167.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling