1-variant(3-ma’ruza) Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z?


Download 167.74 Kb.
bet10/128
Sana22.06.2023
Hajmi167.74 Kb.
#1645855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Bog'liq
3-m

15. Antonimlar qaysi qatorda?
A) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. B) Tok zangi qayishga o‘xshaydi, egila beradi. C) Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ambir. D) Nuri onasini yolg‘iz uchratib, sekingina maqsadini aytdi.
16. Uxlamoq, talamoq fe’llarining sinonimlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq so‘zining ikki ma’nosi berilgan B) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq, to‘namoq so‘zlari omonim so‘zlar C) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq va to‘namoq so‘zlari paronim so‘zlar D) tunamoq so‘zi uxlamoq va talamoq so‘zlariga sinonim bo‘lib, bu so‘z ba’zan ikki xil variantda: tunamoq yoki to‘namoq tarzida yoziladi.
17. Qanday so‘zlar badiiy nutqda qo‘llanib, tazod yaratishga xizmat qiladi?
A) omonimlar B) sinonimlar C) antonimlar D) paronimlar
18. O‘roq (ot) - qo‘rqoq (sifat), tepki (ot) - kechki (sifat) so‘zlaridagi qo‘shimchalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar B) bir ma’noli qo‘shimchalar
C) antonim qo‘shimchalar D) omonim qo‘shimchalar
19. O‘zaro antonim qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A)- cha, - chak,- choq,-chiq B) -ning,-ni, -da C)-li,-siz, be-, ba- D) -m,-im, -um, -ma
20. Berilgan sinonimlardan bosh so‘zni aniqlang.
A) boqmoq B) termilmoq C) nazar solmoq D) qaramoq
21. Paronim so‘zlarni toping.
A) ko‘ylak - ko‘ynak B) vafo - jafo
C) shabada - shabboda D) otalik- otaliq

Download 167.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling