1. Vazifalari va ishlatilish o'rni Uzluksiz ishlaydigan gorizontal bug‘latgich A9-bpb apparati
Download 22.45 Kb.
|
YORMABOP EKIN DONLARIGA GIDROTERMIK ISHLOV
A9-BPB APPARATI
A 9 -BPB apparati donni bug'lash maqsadida ishlatilib, avtomatik ravishda boshqariladi. Apparatning кофив! (2 ) (10.2-rasm) pastki qismi konus shaklidagi metalldan quyib pishirilgan ssilindmi namoyon qiladi. Ssilindr ichida uchta gorizontal halqasimon quvurlar (3) spiral shaklida joylashtirilgan bo‘lib, quvuming har joyida don orasi fazosiga bug‘ni bir tekisda yetkazib berish maqsadida teshiklar teshilgan. Ssilindrning markaziy qismiga teshikli vertikal quvur (4 ) o'm atilgan bo‘lib , u gorizontal halqasimon quvurlar bilan bog'langan. Quvurlarning ichiga don tushib ketmasligi uchun teshiklar qisqa quvurlar bilan himoyalangan. Spiraldan tashqari ssilindr ichiga donni bug'latgichdan chiqarishdan o ld in bug* bosim ini kam aytirish uchun m o'ljallangan quvur ham o'm atilgan. Korpus qopqog'ining ustida va bug'latgichning konus qismi pastida tiqinli kranlar ko‘rinishidagi zatvorlar (1,5) joylashtirilgan. Apparat avtomatik rejimda ishlaydi. Bug'latgich ishini pult bilan boshqarish paytida donni bug'lash davri quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yuklash zatvori (1) orqali ssilindr (2)ga tushgan don massasi sathni o‘lchash asbobi bilan nazorat qilinadi va cheklangan sathga yetgandan keyin avtomatik ravishda yopiladi. Shu bilan bir vaqtda bug1 o'tkazgichning klapani ochilib bosim ostidagi bug1 don bilan to'ldirilgan ssilindrga quvurlar orqali yuboriladi. Bug‘lash davomiyligi dasturli qurilma yordamida nazorat qilinadi va berilgan yorma donining xususiyatlariga bog‘liq holda 1...6 minutni tashkil qiladi. Shundan so‘ng bo'shatish zatvori (5) ning ochilishi bilan bir vaqtda bug' bosimining kamayish jarayoni ham bo'lib o'tadi. Ssilindr butunlay dondan bo'shagandan so'ng bo'shatish zatvori yopiladi va yuklash zatvori (1) ochiladi. So'ngra don bug'lashning navbatdagi davri takrorlanadi. Boshqarish pultida komanda beruvchi asbob, ishga tushirish va signalli apparatura joylashtirilgan. Shu bilan birga boshqarish pultiga degan signal chiroqlari ham o'matilgan. Apparat ishini qo'l bilan boshqarish rejimi uni sozlash, amallaiga ishlov berish, favqulotda holatlar va avtomatik tarzda ishlamay qolgan paytlarda qo'Ilaniladi. Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling