1. Ventilyator qurilmalarining elektr yuritmalari va elektr ta’minoti sxemalari


Kompressorlarning elektr yuritmalari quvvatlarini hisoblash


Download 77.36 Kb.
bet2/17
Sana09.10.2023
Hajmi77.36 Kb.
#1695828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Topshiriqlar

3.Kompressorlarning elektr yuritmalari quvvatlarini hisoblash
Kompressor validagi quvvat quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:

kVt
buyerda: v-kompressorning unumdorligi, m3 / min;


из–izotermik havo siqilish jarayonining f.i.k. Uning qiymati 0,6-0,7 oralig’ida olinadi;
мах– mexanik f.i.k. Uning miqdori 0,92-0,95oralig’ida olinadi;
Lиз– izotermik havo siqilish jarayonida har bir m3havoni siqish uchun sarflangan ish.U quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
bu yerda: - kompressor silindriga so’riladigan havo bosimi; P1 elektr yuritgich turi hisoblangan quvvat asosida tanlanadi.
Yuk ko’tarish qurilmalar turli xildagi bir necha elektromexanik uskunalardan iborat bulgan mukammal muxandislik majmuasidir. Ular konchilik korxonalrida foydali qazilma va tog’ jinslarini, ishchi va xodimlarni, uskunalar va materiallarni tik yoki qiya laxmlarda tashishda qo’llaniladi.
Yuk ko’tarish qurilma tarkibiga (1a,b-rasmlar) yuk idishlar-1,2, pulat arqon -4, yuk ko’tarish mashina-3, yunaltiruvchi shkivlar-5, minora-6, bushatish bunkeri-7, bushatish yuli-8, yuklash bunkeri-9, me’yorlash moslama (dozater)-10, ag’dargich (aprakivatel) -11, bino-12 va bunker -13 kabi uskunalar kiradi.
Yuk idishlar shaxta stvolida uning chuqurligi buylab urnatiladigan yunaltiruvchilarga xarakatlanadilar. Bu yo’naltiruvchilar xarakat davrida yuk idishlarini chayqalishdan asraydi.
Yuk ko’tarish pulat arqon soni kamida 2 ta bo’lib, ularning xar birini uchlari ulash moslama bilan yuk idishlarga ulanadi. Pulat arqonlar yo’naltiruvchi shkivlardan o’tkazilib ularning ikkinchi uchlari yuk ko’tarish mashina barabaniga ulanadi.
Yuk ko’tarish mashina ishga tushirilganda pulat arqonlardan biri baraban sirtiga uraladi va unga ulangan yuk idish tepaga (yer satxiga) qarab ko’tariladi. SHu vaqtni uzida ikkinchi pulat arqon baraban sirtidan chiqadi va unga ulangan idish pastga (shaxtaga) qarab xarakat qiladi.
Kletli yuk ko’tarish qurilmalarida foydali qazilma, tog’ jinslari va materiallar vaganetkalarda tashiladi. Buning uchun ular uzunligi klet uzunligiga teng bo’lgan relslar bilan jixozlangan relslar oralig’idagi masofa shaxtada qabul qilingan temir yo’li oralig’iga teng.
Yuklash va bushatish jarayonlarida kletga o’rnatilgan va tashish laxmidagi relslarni bosh qismlarini banlandliklari bir xil bo’lishi maxsus moslama-tirgamlar (posadochnie kulaki) yoki tebranuvchi maydoncha (kachayushie ploshadki) bilan ta’minlanadi.
Yer ostida yuklangan vagonetkaga kletka turtqich (tolkatel) bilan turtib kiritiladi. U uz navbatida kletga vagonetkani turtib chiqaradi va uning joyini uzi egallaydi. Sung klet yuklangan vagonetka bilan birgalikda yer satxiga ko’tariladi.Yuklangan klet shaxta stvoli tepasidagi bushatish maydonchasigacha ko’tariladi. Kletni bo’shatish jarayoni bush vagonetka yordamida bajariladi. Buning uchun bo’sh vagonetka ma’lum qiyalikdagi balandlikdan tushirib yuboriladi. Qiyalikdan tushib keladigan bo’sh kletning inertsiya kuchi yordamida yuklangan idish kletdan chiqariladi va uning o’rnini o’zi egallaydi. Keyin klet bo’sh vagonetka bilan pastga ya’ni shaxtaga tushiriladi.
Foydali qazilma yoki tog’ jinslari ag’dariladigan kletlarda tashiladigan xollarda ularni yuklash jarayoni oddiy (ag’darilmaydigan) kletlardagi yuklash jarayoni bilan o’xshash bo’ladi.
Ag’dariladigan kletlarda bushatish jarayoni minoraga urnatilgan bushatish yo’lida bajariladi. Kletning bo’shatish yo’lidagi xarakati davomida u 135 gradus og’adi va yuklangan vagonetka kletdan chiqadi.
14.1 –rasm. Yuk ko’tarish qurilmalari: a-kletli; b-skipli
Skipli yuk ko’tarish qurilmalari yuklash jarayoni ag’dargich (aprokidovatel)-6, yuklash bunkeri -7, yuklash moslama -4 kabi moslamalar yordamida bajariladi. Dastlabki yuklangan vagonetka ag’dargich -6 ga kiritiladi.So’ng ag’dargich 360 gradusga aylantiriladi. Uning aylanish jarayonida yuk yuklash bunkeri -7 ga to’kiladi. Undan keyin yuk yuklash moslama -8 orqali skip-1 ga to’kiladi. Skipga to’kiladigan yuk miqdori yuklash moslamada me’yorlanadi. Yuk miqdorini me’yorlash skipning xajmini yoki uning yuk ko’tarish qobilyati bo’yicha belgilanadi.
Yer satxiga ko’tarilgan skip -2 bo’shatish yo’li -9 ga kiradi va yuk bunker -7 ga to’kiladi.
Skipli yuk ko’tarish qurilmalarda yuk idishlarini yuklash va bushatish ishlari bilan bir vaqtda bajariladi.
SHuning uchun ularning unumdorligi kletli yuk ko’tarish qurilmalariga qaraganda yuqori.
Yuk ko’tarish qurilma bilan yuklarni tik yoki qiya laxmlarda tashishni qulayligi ularni chuqur ochiq qi alarda xam qo’llash mumkinligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda 40 dan ortiq ochiq konlarda yuk ko’tarish qurilma o’rnatilgan va ular muvofaqqiyatli ishlab turibdilar. Bu qurilmalarda yuklar maxsus yuk idishlarda yer satxiga ko’tariladi.
Yuk ko’tarish qurilma (1a-rasm) yuk ko’tarish mashina -3, pulat arqonlar-4, yo’naltiruvchi shkivlar-5, minora -2, yuk idishlar-1, (klet platforma yoki skip) kabi mexanik uskunalardan va yuklash xamda bo’shatish ishlarini bajaruvchi moslamalar o’rnatilgan. Yuklash va bo’shatish maydonchalardan iborat. Yuk idishlar ma’lum qiyalikdagi va temir yo’l-6 bo’ylab xarakatlanadi. Idishlar yuk ko’tarish mashina barabani sirtida paydo bo’ladigan va po’lat arqonlar orqali ularga uzatiladigan tortish kuchi ta’sirida temir izlar o’rnatilgan qiya yo’lda xarakatlanadilar. Yuklangan idishni ko’tarish va bo’sh idishni tushirish ishlari bir vaqtda bajariladi.
Klet platforma bilan jixozlanganda qurilmalarda yuk transport vositasi (vagon yoki avtosamasual) da ko’tariladi. Bo’shatish maydonchasigacha ko’tarilgan klet platforma bo’shatiladi.
Yuk klet-platforma bilan tashilgan xollarda karyer transporti bilan yuk ko’tarish qurilma ishi o’zaro belgilangan bo’ladi. Bu esa qurilmaning imkoniyatidan to’liq foydalanishga salbiy ta’sir etadi.
Kletli yuk ko’tarish qurilma bilan ishchi va xodimlarni xam tashishga ruxsat etiladi. Bu xollarda odamlar maxsus jixozlangan vagonetkalarda tashiladi.
Skipli yuk ko’tarish qurilmalarida yuk skiplarda ko’tariladi. Ularni yuklash ikki usulda bajarilishi mumkin. Yuklash jarayoni birinchi usulda bajarilganda avtosamasvalda tashib kelingan yuk to’g’ri skipga to’kiladi. Ikkinchi usulda esa yuk avval oraliq bunkerga to’kiladi keyin ma’dan oraliq bunkeriga to’kiladi. Yuklash jarayonini bu usulda transport vositasi bilan ko’rilma ishining o’zaro bog’liqligi ma’lum vaqtgacha bo’linadi. Bu esa yuk ko’tarish qurilma imkoniyatidan to’liq foydalanish sharoitini yaratadi.

Download 77.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling