1. viqor- mag‘rurona va ulug‘vor ko‘rinish, salobat


Download 23.64 Kb.
Sana25.07.2020
Hajmi23.64 Kb.
#124789
Bog'liq
8-ona tili lug'at


1-mashq

1. viqor- mag‘rurona va ulug‘vor ko‘rinish, salobat;

2.kibr- o‘zini hammadan yuqori his etish; manmanlik, kekkayish hissi;

3.g‘urur- insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi; izzat-nafs;

4. gunoh - odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti harakat; ayb;

5.iffat- vijdoniy poklik, nomus;

6.harom-xarish-nopok, iste’molga yaramaydigan;

7.hayo -nojo‘ya, noma’qul xattiharakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm;

8.odob- axloqqa,shaxsning ichki dunyosiga oid;

9.ma’naviy,

10.ma’naviyat- ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik.

11.ziyo- bilim, ilm, ma’rifat



6-mashq.

1.uslub -badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid;

2.malaka- bilim va kasbni,ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba; mahorat;

3.sheva- umumxalq tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til.

4.targ‘ibot- biror g‘oya, ta’limot va shu kabilarni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar;

5. adabiy -til unsurlarining ma’lum vazifa bajarishiga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan tizimi;



9-10-mashq

1) jigargo‘sha- eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin birodar; farzand;

2) padari buzrukvor -cheksiz hurmatga loyiq ota;

3) mavlono- olim va fozil kishi;

4) mulozim- o‘tmishda amaldorlar xizmatida bo‘lgan kishi;

5) xok-mayda tuproq; tuproqqa aylangan inson jasadi;

6) aqlini peshlab - asboblar tig‘i, damini tiklamoq; aql-idrokni o‘stirmoq.

8-topshiriq.

1) nur -tumanday taraluvchi yorug‘lik;

2) yog‘du -bir yo‘nalishda yo‘nalgan yorug‘lik;

3) shu’la- lipillab, ko‘rinib-ko‘rinmay turgan olov yoki yorug‘lik;

4) ziyo -bilim, ma’rifat;

5) uchqun -olov zarrasi



21-mashq.

1) baxil -birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan; sarf-xarajatni yoqtirmaydigan;

2) lapar- to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf bo‘lib birgalikda ijro etiladigan qo‘shiq va raqs;

3) saxiy -birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan;

4) insof- adolat va vijdon bilan ish tutish;

5) omonlashmoq -salomlashmoq; vidolashmoq;

6) yo‘ymoq -biror narsaning sababini o‘zicha taxmin qilmoq.

28-mashq.

1) mutafakkir -buyuk donishmand;

2) shukrona -Yaratgan bergan ne’mat uchun savob ish qilmoq;

3) tig‘-nayza, yoy kabi jang quroli;

4) devon -nazmiy asarlar to‘plami;

5) nazm -she’riy shakldagi ijod.



31-mashq.

1) bilim -borliq haqidagi yoki ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, harbiy va boshqa sohalarga oid nazariy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmuyi;

2) insho- tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish;

3) ko‘nikma -biror ishda orttirilgan malakadan kamroq tajriba;

4) tafakkur -o‘ylash, fikr yuritish;

5) malaka -kasbni,ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan ko‘nikmadan balandroq mahorat;

6) izlanish -yangilik topish, yaratish harakatida bo‘lish, shunday maqsadli harakat, faoliyat;

7) mas’uliyat -biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlik.



37-mashq.

1) mantiq -gap, fikr, harakat kabilarning aqlga monandligi, asosliligi;

2) muqarrar -vujudga kelishi aniq, shubhasiz, turgan gap;

3) chiston -narsa yoki hodisaning muhim belgilarini tavsiflab, nimaligini topishni o‘quvchiga havola etadigan she’riy shakl;

4) fasl -vaqt,muddat, davr; yilning to‘rtdan bir qismi; bo‘lak, qism

64-mashq.

1) poydevor -bino devorlarining asos qismi;

2) fursat- vaqtning zum, damdan keyingi kichik qismlaridan biri;

3) boqiy -abadiylikka ega;

4) oliy - eng yuqori;

5) madrasa -sharq o‘tmishida oliy ma’lumot beruvchi ta’lim muassasasi;

6) me’mor -imorat qurilishini loyihalash bo‘yicha mutaxassis

7)mohir-malakali usta,chaqqon,yuksak mahoratga ega bo’lgan ,mahorat qozongan usta

66-mashq

1) malolat -malol kelish; og‘rinish;

2) af/gor -xor bo‘lish, ezg‘in holatga tushish;

3) mi’/odi -muddat, ijro vaqti;

4) resh -sa’y-harakat;

5) nesh -nish, tig‘;

6) ko‘shish -yara, jarohat;

7) takbi/ri fano -o‘tkinchi dunyo uchun haqni ulug‘lash;

8) so/lik -komillik sari harakat qilayotgan kishi;

9) sa’b -qiyin,og‘ir.

69-mashq.

1) suv tagida harakat qilish, suzish;

2) sayin, sari;

3) mashaqqat, mushkullik;

4) zavqli harakat;

5) ot, ulov;

6) davlat, boylik;

7) yengil, chaqqon.



75-mashq.

1) pi/li damon-mast, quturgan fil;

2) palang-yo‘lbars;

3) mo‘ri lang-cho‘loq chumoli;

4) kufr-kofirlik, dindan qaytganlik;

5) mash’/uf -istak,xohish;

6) rohravg‘a / - yo‘lovchi, maqsadga intilgan kishi;

7) tama’ -maqsad, mo‘ljal;

8) /bandi rohe, /besh -yo‘ldagi band, to‘siq; monelik;

9) kesh -afzal, tuzuk.



42-topshiriq.

1) grammatika- tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha;

2) johil-o‘qimagan, savodsiz kishi;

3) Bo‘ron -kuchli shamol;

4) dovul -yomg‘ir aralash kuchli shamol;

5) mahv-daf qilish, yengish.



47-topshiriq.

1) munofiq -so‘zi va amali bir bo‘lmagan kishi;

2) angar-qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama;

3) o‘zini bosmoq -hayajon holatida o‘zini tutmoq;

4) kirdikor -yashirib qilingan noto‘g‘ri ishlar;

5) xomush bo‘lmoq -g‘amgin holatga tushmoq;

6) o‘rlamoq- balandga ko‘tarilmoq;

7) qovog‘ini solmoq -achchiqlanib qoshini chimirib olmoq;

8) axloq -xulqning arab tilidagi ko‘plik shakli;

9) milh -tuz;



10) xulq- kishining o‘zini tutishi, ma’naviy qiyofasi;

11) hilm -muloyimlik, halimlik
Download 23.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling