Excel dasturida ma’lumonlarni kiritish va taxrirlash. Masalani qo’yilishi
Download 423.07 Kb.
|
Excel dasturida ma’lumonlarni kiritish va taxrirlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarish.
- =B4*100/$E$2
EXCEL DASTURIDA MA’LUMONLARNI KIRITISH VA TAXRIRLASH. Masalani qo’yilishi. Korxona 10 ta xodimini imtihon asosida London, Tokio, Moskva, Samarqand va Farg‘ona shaharlariga xizmat safariga jo‘natmoqda. Yo‘l, ovqatlanish va boshqa xarajatlar berilgan. Korxonaning xizmat safarlari uchun ketadigan xarajatlarini va jami xarajatni toping hamda har bir shaharga sarflanadigan xarajatni diagramma ko‘rinishida tasvirlang. Bajarish. Excel dasturini ishga tushiramiz va ma’lumotlarni1-rasmdagidek quyidagicha kiritamiz: E2 katakka imtihon maksimal balini; B4:B13 maydonga mos ravishda xodimlarning olgan ballarini; B17:B21, C17:C21, D17:D21, F17:H21 maydonlarga mos ravishda Moskva, Samarqand, London, Tokio, va Farg‘ona shaharlariga borib-kelish xarajatlari, 1 kunlik ovqatlanish xarajatlari, kunlar soni, 1 kunlik ichki transport xarajatlari va boshqa kunlik xarajatlarni; G15 katakka ichki transport uchun imtiyozli to‘lov foizini kiritamiz. D24 katakda jami xarajatni hosil qilaylik. Jami xarajatni chiqarish uchun C4:C13, D4:D13, E17:E21,G17:G21, I17:I21, B22:I22 maydonlardagi “formula” so‘zi o‘rnida kerakli formulalarni kiritib, natijalarini hosil qilishimiz lozim. C4 katakda 1-kishi olgan balining maksimal ballga nisbatan foizini chiqarish uchun =B4*100/$E$2 formulani kiritib Enter tugmasini bosamiz. C4:C13 maydonning qolgan kataklariga C4 katakdan nusxa olamiz. Buning uchun C4 katak quyi o‘ng burchagi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib, qo‘yib yubormasdan C13 katakkacha suramiz: D4 katakda 1-kishining qayerga borishi C4 katakka kiritilgan ball asosida chiqariladi. D4 katakni faollashtirib, funksiya ustasini ishga tushiramiz va ЕСЛИ funksiyasini tanlaymiz. Ochilgan oynaga quyidagicha shart va qiymatlar kiritib, Значение если ложь darchasida sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va yana ЕСЛИ buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada EСЛИ funksiyasining yangi bo‘sh oynasi hosil bo‘ladi. Uni quyidagicha to‘ldirib, Значение если ложь darchasida sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va yana ЕСЛИ buyrug‘ini tanlaymiz. Ochilgan navbatdagi EСЛИ funksiyasining bo‘sh oynalarini quyidagicha to‘ldirib, so‘nggi oynada OK tugmasini bosamiz. Download 423.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling