1. Virtual laboratoriyalar yaratish va foydalanish asoslari kursi predmeti va vazifalari


Virtual laboratoriyalarning qo‘llanilish sohalari va samarasi


Download 191 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi191 Kb.
#1097828
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy

2. Virtual laboratoriyalarning qo‘llanilish sohalari va samarasi.
O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim- qadimdan o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv jarayonini qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki tibbiyot sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real obyektlarga nisbatan juda ham arzon muqobil ekanligidadir. Simulyatorlar esa haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror-bir fizikaviy jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga olib keladi, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi.
Virtual laboratoriya ishlaridan foydalanishni quyidagi to‘rt usuldan birini qo‘llagan holda olib borish mumkin:
1. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish uchun virtual laboratoriya qurilmasi sifatida foydalanish.
2. Real laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin qisqa muddatli trenirovka qilish uchun.
3. Amaliy va seminar mashg‘ulotlarida ma’lum bir jarayon borishini yoki asbobning ishlashini modellashtirish bilan talabalar bilmini mustahkamlash uchun.
4. Nazariy bilim beruvchi ma’ruza darslarida demonstrasion virtual dastur sifatida foydalanish.
Bundan tashqari virtual laboratoriya ishi va dasturlaridan masofaviy ta’lim olish jarayonida qo‘llash.
Laboratoriya darsi fizika ta‘limining ajralmas qismi hisoblanib, u nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘lanishni ta‘minlaydi.
Umumta‘lim maktablarida laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan quyidagi maqsadlar ko‘zga tutiladi.
-Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
-O‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo‘llay bilish uchun ko‘nikma va malakani shakllantirish.
- Fizikaning tajriba usuli bilan o‘quvchilarni tanishtirish.
-Fizik jarayonlarning mohiyati bilan mustaqil tanishish.
-Politexnik ta‘limni amalga oshirish.
-Fizik tajribalar orqali fizik kattaliklarning mohiyatini chuqurroq o‘zlashtirishga, xatoliklarni baholashga o‘rgatish.
-Fizika bilan boshqa fanlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash.
-Kasbga yo‘naltirish va tarbiyani amalga oshirish. Frontal laboratoriya ishi va tajriba.
Ta’limni axborotlashtirishda, bo‘lajak kadrlarning axborot va kommunikasion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim. Keyingi vaqtlarda, ta’limda axborot va kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish sohasida yangi atama «Virtual o‘quv laboratoriya» paydo bo‘ldi. Virtual o‘quv laboratoriya ochiq va masofaviy o‘qitish g‘oyasiga muvofiq bo‘lib, ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik ta’minot borasidagi muammolarni oz bo‘lsada dolzarbligini kamaytiradi.
Virtual o‘quv laboratoriya bo‘yicha ilmiy-metodik ishlarning mavjudlari ham asosan virtual asbob va ularni laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llashning yoritilishi bilan cheklangan, biroq, bizning fikrimizcha, virtual o‘quv laboratoriyasida faqatgina virtual asboblar emas, balki virtual o‘quv xonalari texnik ob’ektlar loyihasi, matematik va imitasion modellash tizimlari, amaliy dasturlar o‘quv va ishlab chiqarish paketlarini o‘z ichiga oladi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling