1. Virtual laboratoriyalar yaratish va foydalanish asoslari kursi predmeti va vazifalari


Download 191 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi191 Kb.
#1097828
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy


1-amaliy mashg‘ulot. Kirish. Virtual laboratoriyalar yaratish va foydalanish asoslari kursi predmeti va vazifalari.
Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i:
1. Virtual laboratoriyalar yaratish va foydalanish asoslari kursi predmeti va vazifalari.
2. Virtual laboratoriyalarning qo‘llanilish sohalari va samarasi.
3. Virtual laboratoriyalarni qo‘llash tavsiya qilinadigan fan sohalari.
Fanni o‘qitishdan maqsad
“Virtual laboratoriyalar yaratish va foydalanish asoslari” kursi bo‘yicha beriladigan nazariy va amaliy bilimlar asosan talabalarni fizika va texnika sohasida ta’lim berish jarayonida mustaqil tavishda virtual laboratoriyalar yarta olishni, ularni to‘g‘ri tanlay olishni hamda foydalanish metodikasini o‘rgatishdan iborat.
O‘qitishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda innovatsiyalarni qo‘llash uchun malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi
Virtual laboratoriyalar bilan ishlay olish, foydalanish metodikasini tushunish, mustaqil ravishda yarata olishni o‘rganishdan iboratdir.
Shuningdek, virtual laboratoriyalar ta’limda qo‘llanilishini, fizik jarayonlarini virtual usulda qonunlarni o‘rganish, taqqoslashni o‘rgatishdan iboratdir. Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

  • o‘rgatuvchi dasturlar - o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;

  • test dasturlari - egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

  • o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

Bu bobda biz, PDV ning ohirgi bandiga kiruvchi o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar xususida to‘htalib o‘tamiz. Virtual o‘quv muhitini shaklantirish imkoniyatini beruvchi dasturlarga simulyatorlar kiradi.
Fizika eksperimental fan bo‘lganligi sababli zamonaviy axborot texnologiyalari turli xil fizik ob'ektlar, hodisalar va jarayonlarning modellarini yaratishga va parametrlarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan dasturlarni yaratish imkonini beradi. Interfeys bloklari va fizik kattalik datchiklari yordamida siz haqiqiy eksperiment o‘tkazishingiz, shuningdek real ob'ektlarni masofadan boshqarishingiz, avtomatlashtirilgan boshqaruvni amalga oshirishingiz, tadqiqotlar natijalarini qayta ishlash va boshqalarni amalga oshirishingiz mumkin. Shu sababli fizik tajriba nafaqat an'anaviy keng ko‘lamli (namoyish va laboratoriya) tajribani, balki virtual tajribani ham anglatadi.
Virtual laboratoriya ishlari zamonaviy o‘quv qo‘llanmalar hisoblanib, virtual tajribalar o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. Fizika yoki elektrotexnika sohasidagi muammolarning barchasi eksperimental tadqiqotlar olib borishda to‘plangan natijalar asosida hal qilinadi.
Kompyuterda virtual eksperimentlar haqiqiy elementlar, asboblar va jihozlar bilan o‘tkazilgan tajribalarga qaraganda ancha arzon va mutlaqo xavfsizdir.
Virtual laboratoriya ishi - bu fanlar laboratoriyalarining laboratoriya jihozlarini o‘xshashligi, ammo o‘rnini bosish emas balki, real va virtual laboratoriyalar birgalikda faoliyat yuritishi va bir-birini to‘ldirishi kerak.
Fizikadan laboratoriya jihozlariga bo‘lgan talabning oshib borishi, asboblarning oshib borishi, hamda o‘quvchilarning vaqtdan unumli foydalanishlarini hisobga oladigan bo‘lsak laboratoriya darslarini tashkil etish va o‘tkazishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling